Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc


Savol: Qo‘ldagi oltin va kumushdan ham zakot beriladimi?


Download 137.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/55
Sana22.02.2023
Hajmi137.65 Kb.
#1223065
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   55
Bog'liq
Dinda savolim bor 1-kitob

 
Savol: Qo‘ldagi oltin va kumushdan ham zakot beriladimi? 
Javob: Nisob miqdoriga yetganidan so‘ng oradan bir qamariy yil o‘tgach, tanga holiga 
keltirilmagan bo‘lsa ham, oltin va kumush uchun zakot berish farzdir. 
Kumushning nisobi 200 dirhamdir. 
Bu 140 misqol og‘irlikdagi kumushdir. 1 misqol 4 gr.ga teng. 
140 m. 4 = 560 gr. bo‘ladi. 
Har 10 dirham 7 misqolga, 1 dirham 2,8 gr.ga tengdir. 
Oltinning nisobi 20 misqoldir. 
Nisob miqdoriga yetgan kumush, oltin qiymatiga teng pulga ega bo‘lgan kishi bu 
pulning qirqdan birini zakot qilib berishi lozim. 
 


Dinda savolim bor. 1-kitob 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
24
Savol: Bir birodarim mendan kattagina miqdorda qarz olgan. Shunga 
ham zakot to‘laymanmi? 
Javob: Qarzlar uch turlidir: 1. Kuchli qarz. 2. O’rtacha qarz. 3. Zaif qarz. 
Qarzdorligini yo molni olib, pulini to‘lamagani haqidagi hujjatni inkor etmagan 
kishilardagi qarz kuchli qarzdir. Bularning miqdori nisobga yetgan bo‘lsa, bir yil o‘tgach, 
zakoti beriladi. Agar nisob miqdorida bo‘lmasa, qo‘lidagi mablag‘ga qo‘shiladi, jami nisob 
miqdoriga yetsa, zakoti chiqariladi. 
Tijorat maqsadida bo‘lmagan mollar ehtiyoj uchun sotilganida olinishi lozim bo‘lgan, 
ammo hali olinmagan mablag‘ o‘rtacha qarz hisoblanadi. Bu tur qarzdan u olinmaguncha 
zakot berilmaydi. Ammo olingach, miqdori nisobga yetsa, sotilgan kundan e’tiboran 
hisoblanib zakoti beriladi. Nisob miqdorida bo‘lmasa, qo‘lidagi mablag‘ga qo‘shib 
hisoblanadi. 
Mahr, vasiyat qilingan pul va olinmagan tovon pullari zaif qarz bo‘ladi. Bunday pullar 
nisob miqdorida bo‘lsa, olinganidan e’tiboran bir yil o‘tgach, zakoti chiqariladi. Agar 
nisob miqdorida bo‘lmasa, qo‘lidagi mablag‘ga qo‘shib hisob qilinadi. 
 

Download 137.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling