Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc


Savol: Zakotni duch kelgan kishiga berib bo‘lmaydi, deb eshitdim


Download 137.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/55
Sana22.02.2023
Hajmi137.65 Kb.
#1223065
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55
Bog'liq
Dinda savolim bor 1-kitob

Savol: Zakotni duch kelgan kishiga berib bo‘lmaydi, deb eshitdim. 
Buning shartlari qanday bo‘ladi? 
Javob: Zakot quyidagilarga beriladi: «Albatta, sadaqalar (ya’ni, zakotlar) Alloh 
tomonidan farz bo‘lgan holda faqat faqirlarga, miskinlarga, sadaqa yig‘uvchilarga, 
ko‘ngillari (Islomga) oshno qilinuvchi kishilarga, bo‘yinlarni (qullarni) ozod qilishga, 
qarzdor kishilarga va Alloh yo‘lida (ya’ni, jihod yoki hajga ketayotganlarga) hamda 
yo‘lovchi musofirlarga berilur. Alloh bilim va hikmat sohibidir» (Tavba surasi, 60-oyat). 
1. Faqirlar. Nisob miqdoridan kam mablag‘i bor yo nisob miqdoricha mablag‘i zaruriy 
ehtiyojlariga sarflangan kishilar. 
2. Kambag‘allar. Hech narsasi yo‘q, faqirdan ham muhtoj kishilar. 
3. Sadaqa to‘plovchi kishilar. Ular davlat rahbari tomonidan zakot va sadaqalarni 
(xalqdan) yig‘ish topshirig‘i berilgan kishilardir. Badavlat bo‘lsalar ham, vazifalari sababli 
ularga zakot mollaridan bir miqdor beriladi. 
4. Qalblari (Islomga) og‘dirilishi zarur bo‘lganlar. Bular Payg‘ambarimizning (s.a.v.): 
a) musulmonlikni tanlab, Allohga imon keltirishlarini; 
b) dinga zarar berishlarining oldini olishni; 
v) imonlarini kuchaytirib, haqiqiy musulmon bo‘lishlarini xohlagan kishilardir. 
5. Mukotablar, ya’ni ma’lum miqdorda mol evaziga ozod bo‘lishlari xususida 
xo‘jayinlari bilan shartnoma tuzgan qullar. 
6. Qarzdorlar, ya’ni qarzini to‘lashdan ojiz bo‘lgan kishilar. 
7. Alloh yo‘lidagilar. Bular hayotlarini Alloh yo‘lida kurashga bag‘ishlab, Islom dini 
shuhrati yuksalishi uchun xizmat qilgan faqir askarlar. 
8. O’z diyoridan (va u yerdagi mulkidan) uzoqqa ketgan (ularni keltirishdan ojiz 
bo‘lgan) musofirlar. 
Badavlat kishining faqir katta o‘g‘liga, badavlat kishining faqir xotiniga, farzandi boy 
bo‘lsa-da, uning faqir otasiga zakot berishi joiz. 
O’z qishlog‘i va shahrida faqir kishilar bo‘laturib, zakotni boshqa qishloq-shahardagi 
muhtoj kishilarga yuborish makruhdir.

Download 137.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling