Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc


Savol: Janoza namozini o‘qishga kim haqli? Janoza namozining ba’zi


Download 137.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/55
Sana22.02.2023
Hajmi137.65 Kb.
#1223065
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   55
Bog'liq
Dinda savolim bor 1-kitob

 
Savol: Janoza namozini o‘qishga kim haqli? Janoza namozining ba’zi 
takbiriga ulgurmagan kishi qanday qo‘shiladi va o‘qiydi? 
Javob: Janoza namozini o‘qishga eng birinchi sulton haqlidir. Sultondan so‘ng uning 
noibi, qozi, jamoat imomi va mayyit asabalari (ota, o‘g‘il, nabira) keltirilgan tartibda 
haqdordirlar. Binobarin, agar marhum boshqa odamga vasiyat qilgan bo‘lsa ham, 
inobatga olinmaydi. Shu jumladan, mayyit egalari ham bu tartibga daxl qila olmaydilar.
Janoza namozining ba’zi takbiridan kechikkan kishi hazrat Abu Yusuf (r.a.) qavllariga 
ko‘ra, kelgan zahoti takbir aytib janoza namoziga qo‘shiladi. Imom salom berganidan 
so‘ng tobut yerdan ko‘tarilguncha qoldirgan takbirlarini aytadi. Bunda hech narsa 
o‘qimaydi («Hadiyyatus-su’luk»). 
 
Savol: Janoza namozini o‘qish tartiblari qanday? 
Javob: Mayyit kafanlangach, unga janoza namozi o‘qiladi. Janoza namozi farzi kifoya 
– ya’ni, biror musulmon o‘qisa, barchadan soqit bo‘ladi. Aks holda barcha gunohkor 
bo‘ladi. 
Janoza namozining takbiri to‘rt takbir bo‘lib, o‘qilinadigan sano, durud va duolar 
sunnatdir. Demak, mazkurlarni bilmagan kishi ham komil tahorat qilib, mayyit ko‘kragi 
to‘g‘risida turib niyat qilib, to‘rt takbir («Allohu akbar») aytsa, janoza namozi joiz 
bo‘ladi. 
Janoza namozi uchun avval niyat qilib bo‘lgach, qo‘llarining bosh barmog‘ini quloq 
yumshog‘iga tekkizgan holda takbir aytadi. So‘ng sano o‘qib, yana takbir aytadi, ammo 
qo‘llarini ko‘tarmaydi. Uchinchi takbirdan oldin durud (salovot), to‘rtinchi takbirdan oldin 
esa duo o‘qiladi. Takbir aytilganda boshlar ko‘tarilmaydi. Shuni unutmaslik kerakki, besh 
vaqt namozga nimalar shart qilingan bo‘lsa, janoza namoziga ham shartdir. Mazkur 
shartlar ichida namozni pok joyda ado etish shartiga to‘xtalsak. Oyoq kiyimi najasotdan 
xoli bo‘lmasligi isbot talab qilinmaganligidan «Hadiyyatus-su’luk» kitobida zikr 
qilinganidek, janoza namozini ado etishda oyoqni oyoq kiyimidan chiqarib, uning ustiga, 
agar yer quruq bo‘lsa, yerga qo‘yib turishi zarurdir. 
Tug‘ilgandan so‘ng ovoz chiqarib uzilgan go‘dakka nom qo‘yiladi, yuviladi va janoza 
o‘qiladi. Agar o‘lik tug‘ilsa, nom qo‘yilib, yuvilib, janozasiz dafn qilinadi. Tushik esa 
lattaga o‘rab ko‘miladi, xolos.

Download 137.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling