Dinda savolim bor. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
34
Savol: Bir do‘stimiz: «Aksirish yaxshi-yu esnash yomon», deb qoldi.
Shu gapda jon bormi?
Javob: Payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qilinishicha: «Albatta
Alloh taolo
aksirganlarni yaxshi ko‘radi va esnaganlarni yomon ko‘radi. Bironta musulmon aksirib
Allohga hamd aytganda, buni eshitgan har bir musulmonning «Yarhamukalloh», deb
javob qaytarishi uning gardanidagi burchidir. Esnash esa shaytondandir.
Birontangiz
esnamoqchi bo‘lsangiz, toqatingiz yetguncha qaytaring, chunki esnasangiz,
shayton
ustingizdan kuladi».
Demak, musulmonlar aksirsalar, «Alhamdulillah», deya Allohga hamd (shukr-maqtov)
aytishlari, bunga javoban esa boshqalar «Yarhamukalloh» («Alloh rahm-shafqat qilsin»),
deyishlari kerak. Bunga javoban esa aksirgan kishi «Yahdikumullohu va yuslih bolakum»
(«Alloh hidoyatga boshlasin va qalbingizni isloh qilsin»), deydi. Chunki aksa urish
bemorlik
alomati emas, tani sog‘lik belgisidir. Boshqa dindagilar esa kasallik alomati,
deb «Sog‘ bo‘ling», deydi. Biror musulmon aksa urib Allohga shukr aytsa,
unga uch
martagacha javob qilinadi, ortig‘iga javob yo‘q, chunki ortig‘i tumov belgisi bo‘lishi
mumkin.
Payg‘ambarimiz alayhissalom aksirganlarida qo‘l yoki etaklari bilan og‘izlarini
berkitardilar. Bu yaxshi odat. Chunki aksirganda og‘izdan tupuk sachrashi yoki ovoz
qattiq chiqib, atrofdagilarni cho‘chitishi mumkin.
Rasulullohdan (s.a.v.) shunday rivoyat qilingan: «Oralaringizdan
bironta kishi esnasa,
qo‘li bilan og‘zini berkitsin, chunki shayton og‘ziga kiradi». Shuning uchun esnoq
kelganda, iloji boricha qaytarish kerak. Qaytarmasangiz, chap qo‘l bilan og‘zingizni
yoping.
Esnaganda aslo uvillamang, ovozingizni ko‘tarmang, chunki shayton ustingizdan
kuladi.
Do'stlaringiz bilan baham: