Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc


Savol: «Salla mo‘min bandalarning toji», deyishadi. Sizlardan iltimos


Download 137.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet43/55
Sana22.02.2023
Hajmi137.65 Kb.
#1223065
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55
Bog'liq
Dinda savolim bor 1-kitob

Savol: «Salla mo‘min bandalarning toji», deyishadi. Sizlardan iltimos
salla o‘rashning shariatimizdagi hukmi va unga taalluqli masalalarni 
yoritsangiz. 
Javob: «Sahihi Buxoriy»ning Badriddin Abu Muhammad Ayniy sharhida (10-juzi) salla 
haqida vorid bo‘lgan hadislar keltirilgan. Jumladan, Abu Muso rivoyat qilgan hadisda 
salla o‘rash sunnat ekanligi ta’kidlanadi. 
Fuqaholar salla borasidagi masalalarni yoritib, bu borada quyidagilarga rioya etish 
sunnat, deydilar: sallaning matosi oq bo‘lishi, uzunligi yetti gazdan kam bo‘lmasligi (5 
metr), tahorat bilan tik turib qiblaga yuzlanib o‘rash, salla o‘rayotganda salovot aytib 
turish, salla pechini uning pastki qismidan chiqarish, sallani o‘rab bo‘lgach, ko‘zguda 
tekshirish. 
Shuningdek, sallani tarqatishda (yozishda) uni bir yo‘la tarqatib yubormay, o‘ramlarni 
aylantirib tarqatish ham sunnat, deydilar fuqaholar. 
Sallaning qora matodan bo‘lishi mustahabdir. Chunki Payg‘ambarimiz umrlarida bir 
bor qora salla kiygan ekanlar. 
Mazkur kitobda quyidagi hadisi sharif vorid bo‘lgan: «Hazrat Alining o‘g‘illari Hasan 
(Alloh ikkovlaridan ham rozi bo‘lsin): «Men Rasulullohning (s.a.v.) minbarda qora salla 
kiyib, pechini ikki yelkalari o‘rtasidan tushirganlarini ko‘rdim», deb aytdilar». 
Sallaning pechi chap kiftga emas, balki ortga, ikki yelka o‘rtasiga tashlanadi. Bu 
sunnatdir. Pech miqdori uch tutam bo‘lishi kerak. 
Salla bilan o‘qilgan ikki rakat namoz sallasiz o‘qilgan yetmish rakat namozdan a’lodir. 


Dinda savolim bor. 1-kitob 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
32
 
Savol: Sotish niyatida xarid qilingan molning ustiga qancha narx qo‘yib 
sotish mumkin? 
Javob: Savdo molga belgilanadigan narxga qarab to‘rt xildir:
1. Musovama. 
2. Vazia. 
3. Murobaha. 
4. Tavliya. 
Musovama savdosida molning oldingi bahosi e’tiborga olinmaydi. Xaridor sotuvchi 
bilan o‘zaro tortishib, molni kelishuv asosida baholab oladi.
Vazia molni o‘z bahosidan past narxda sotishdir.
Murobaha molni kelib tushish narxi ustiga ma’lum bir foyda qo‘yib sotishdir. Bunda 
qo‘yilgan foyda aniq aytiladi. 
Tavliya molni kelib tushish narxida sotishdir. 
Murobaha va tavliya savdolarida oldi-sotdi sohasida tajribaga ega bo‘lmaganlar 
malaka hosil qiladi va savdo yo‘llari bilan oshno bo‘ladilar. 
Shuni unutmasligimiz lozimki, mol ustiga qo‘yiladigan foyda miqdori muayyan qilib 
ko‘rsatilmagan. Ammo ba’zi xaridorlarning g‘o‘rligidan foydalanib molni sotilayotgan 
qiymatidan oshirib sotish yoki sotuvchining soddaligi tufayli molni o‘z qiymatidan 
arzonga olish (g‘abni fohish) savdoni buzish huquqini beradi («Radd ul-muxtor»).
Kundalik xarid mollarda besh foiz, hayvonlarda o‘n foiz va ko‘chmas mollarda yigirma 
foizdan ortiq bahoga bay’ berish g‘abni fohish hisoblanadi («Sharhi Ilyos»). 

Download 137.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling