Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc


Savol: Yangi tug‘ilgan chaqaloqning qulog‘iga azon aytilishi haqida


Download 137.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet51/55
Sana22.02.2023
Hajmi137.65 Kb.
#1223065
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
Dinda savolim bor 1-kitob

 
Savol: Yangi tug‘ilgan chaqaloqning qulog‘iga azon aytilishi haqida 
shariatimiz nima deydi? 
Javob: Musulmonlar o‘z farzandlariga chiroyli ism qo‘yishlari, xatna qilishlari kabi 
azon aytib «quloq»larini ochish sunnat amallardan hisoblanadi.
Azon aytishdan murod chaqaloqning qulog‘ida ilk bor Alloh va Uning rasuli nomlari 
yangrashi, qolaversa, musulmonchilikda zurriyotlar tarbiyasiga alohida e’tibor berish, 
bunda uni islomiy axloq ruhida tarbiyalash kerakligiga ishorat bor. 
Hadisi sharifda qulog‘iga azon va iqomat (takbir) aytilgan bolaga jin zarar yetkaza 
olmaydi, deyiladi. Imom Termiziy va boshqa muhaddislar Rasulullohning (s.a.v.) 
nabiralari Hasan ibn Aliga (r.a.) azon aytganlarini rivoyat qilishgan.


Dinda savolim bor. 1-kitob 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
38
Chaqaloqqa aytiladigan azon va iqomat namozniki kabi bo‘ladi. Azon aytuvchi qiblaga 
yuzlangan holda chaqaloqning avval o‘ng qulog‘iga azon, chap qulog‘iga esa iqomat 
aytadi. So‘ng yangi farzand haqqiga duolar qilinadi. 
 
Savol: Yaqinda farzand ko‘rdik. O’g‘limizga qanday ism qo‘ysak, 
islomiy yo‘l tutgan bo‘lamiz? 
Javob: Sir emaski, hozirgi kunda farzandlariga urfdagi, zamonaviy ismlar qo‘yishga 
intiladigan ota-onalar ham yo‘q emas. Shuning oqibatida Shavkat (sanchqi), Diyor 
(o‘lka), Toshpo‘lat, Sherzod, Gulrang kabi tumtaroq ismlar ko‘payib boryapti. Vaholanki, 
dinimiz ko‘rsatmasiga ko‘ra farzandiga chiroyli ism qo‘yish ota-ona uchun sunnatdir. 
Ular farzandlariga Alloh taologa qulchilikni ifodalovchi, Rasululoh, ulug‘ sahobiylar, 
allomalar, solih kishilarning ismlarini qo‘yishsa, g‘oyat maqbul bo‘lardi. «Abdu», 
«Muhammad» qo‘shilgan ismlar eng yaxshi ismlar hisoblanadi. 
Farzandiga chiroyli islomiy ismlar qo‘yish har bir ota-onaning bolalari oldidagi 
burchidir. Rasululoh (s.a.v.): «Siz qiyomat kuni o‘z ismingiz va otalaringizning ismi bilan 
chaqirilasiz, shunday ekan, bolalaringizga chiroyli ismlar qo‘yinglar», deya marhamat 
qilganlar. 
Agar-da bolaga islomiy bo‘lmagan ism qo‘yilgan bo‘lsa, uni o‘zgartirish mumkin. 
Islomga mos kelmaydigan ismlarni Rasululloh (s.a.v.) ham o‘zgartirganlar. 

Download 137.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling