Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc


Savol: Gohida «Falonchiga ko‘z tegibdi», degan gaplarni eshitib


Download 137.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet54/55
Sana22.02.2023
Hajmi137.65 Kb.
#1223065
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
Dinda savolim bor 1-kitob

 
Savol: Gohida «Falonchiga ko‘z tegibdi», degan gaplarni eshitib 
qolamiz. Ko‘z tegishi bor narsami? 
Javob: Islom dini ko‘z tegishini bor, deb hisoblaydi. Chunki bu haqda Rasuli 
akramdan (s.a.v.) bir necha hadisi shariflar vorid bo‘lgan. Imron ibn Husaynning 
aytishicha, Rasululloh (s.a.v.): «Ko‘z tekkan va chayon chaqqandan boshqaga dam 


Dinda savolim bor. 1-kitob 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
40
solish yo‘q», deganlar. Ubayd ibn Rifoat az-Zuraqiyning rivoyat qilishicha, Asmo’ binti 
Umays unga shularni aytgan: «(Men) «Yo Rasululloh! Ja’farning bolalariga tez-tez ko‘z 
tegadi, ularga dam solaymi?» dedim. Rasululloh: «Ha, agar taqdirdan oldin biron narsa 
keladigan bo‘lsa, o‘sha ko‘z tegishidir», dedilar». 
Haqiqatan o‘tmishda (hozirda ham) yurib ketayotgan odamni «yiqita oladigan», 
soppa-sog‘ odamning mazasini bir pasda qochirib qo‘yadigan, hayvonlar o‘limiga sabab 
bo‘ladigan, hattoki toshni ham yora oladigan «ko‘zli» odamlar bo‘lgani sir emas. 
Zamonaviy fan buni kishida manfiy bioquvvatning kuchliligi bilan izohlaydi. 
Xo‘sh, ko‘z tegishi bor narsa ekan, undan qaysi yo‘l bilan najot topish mumkin? 
Ayrimlar qilayotganday ko‘zmunchoqlar, tumorlar osib olish, isiriq tutatish, ko‘z tikanni 
ilib qo‘yish bilan ko‘z tegishdan panoh topib bo‘lmaydi. Ko‘z tegishning «muolajasi» 
haqida Rasulullohdan rivoyat qilingan hadislar borki, bularni bilib qo‘yish zarur. Anas ibn 
Molikning rivoyat qilishlaricha, Rasululloh (s.a.v.) chayon chaqqanda, ko‘z tekkanda va 
yonboshga mayda yarachalar toshganda dam solishga ruxsat berganlar. Abu Sa’id al-
Xudriyning rivoyat qilishlaricha, Rasuli akram (s.a.v.) jinlardan qo‘rqishda va ko‘z 
tekkanda dam solardilar, Falaq va An-nos suralari nozil bo‘lgach, shularni o‘qib dam 
solganlar. Ibn Abbosning aytishlaricha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deganlar: 
«Agar biron narsa taqdirdan oldin keladigan bo‘lsa, o‘sha narsa ko‘z tegishidir va agar 
sizdan «g‘usl qiling», deb talab qilsalar, g‘usl qiling». (G’usl qilganda tekkan ko‘z bekor 
bo‘ladi). 

Download 137.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling