Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc


Dinda savolim bor. 1-kitob  www.ziyouz.com


Download 137.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/55
Sana22.02.2023
Hajmi137.65 Kb.
#1223065
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55
Bog'liq
Dinda savolim bor 1-kitob

 


Dinda savolim bor. 1-kitob 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
31
Savol: Kuzatishimcha, ovqatlanish oldidan qo‘llar yuvilgach, ba’zilar 
sochiqqa artadi, ba’zilar artmaydi. Qaysi biri to‘g‘ri? 
Javob: «Xizona» kitobida bayon qilinishicha, ovqatlanishdan oldin qo‘llar yuvilganida, 
yuvilganlik asarini ketkizmaslik uchun sochiqqa artilmagani yaxshi. (Bu tibbiy nuqtai 
nazardan ham to‘g‘ridir. Chunki qo‘llar yuvilganida tuk ostilaridagi mikroblar tushib 
ketadi. Ko‘plar foydalangan sochiqqa artilsa, darhaqiqat, yuvilganlik asari qolmaydi.) 
 
Savol: Ba’zilarimiz taomni chap qo‘l bilan yeymiz (ichamiz). Chap 
qo‘lda narsa uzatib, chap qo‘lda olamiz... 
Javob: Bu hol sunnatga xilofdir. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bizlarga o‘ng qo‘l bilan taom 
yeyishni, narsani o‘ng qo‘l bilan olib, o‘ng qo‘l bilan uzatishni buyurganlar. 
 
Savol: Xalqda «uvuz suti» deb ataladigan sutning bir turi bor. Ba’zilar 
uni ichsa bo‘ladi, deydi, boshqalar ichish mumkin emas, deyishadi. Bu 
haqda dinimizda nima deyilgan? 
Javob: Yangi tuqqan sigir, qo‘y va shu kabi hayvonlarning sutlarini oqarmasdan ichish 
joiz emasdir, haromdir. Sababi shuki, unga qon aralashgan bo‘ladi. Bunday sutning toza 
bo‘lish muddatini ulamolarimiz uch kun deb ko‘rsatishgan. Bu sut pishirilganda 
o‘zgarishsiz pishsa, irib qolmasa, toza bo‘lgan hisoblanadi («Fatovoi Jung», «Mabsuti 
Saraxsiy»dan naql). 
 
Savol: Qozonda qaynab turgan sho‘rvaga piyoz to‘g‘rayotganimda 
qo‘limga pichoq tegib, bir-ikki tomchi qon qozonga tushdi. Nima qilishni 
bilmay qoldim. Shuning hukmini tushuntirsangiz. 
Javob: Bunday holda agar qozondagi go‘sht pishgan bo‘lsa, sho‘rvasi to‘kib 
tashlanadi, go‘shtini esa uch bor yuvib yeyish joizdir. Ammo qozondagi go‘sht hali 
pishmagan bo‘lsa, sho‘rva bilan qo‘shib tashlab yuboriladi («Naf’ul mufti vas-soil»). 

Download 137.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling