Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc
Savol: Janoza namozini o‘qishga kim haqli? Janoza namozining ba’zi
Download 137.65 Kb. Pdf ko'rish
|
Dinda savolim bor 1-kitob
Savol: Janoza namozini o‘qishga kim haqli? Janoza namozining ba’zi takbiriga ulgurmagan kishi qanday qo‘shiladi va o‘qiydi? Javob: Janoza namozini o‘qishga eng birinchi sulton haqlidir. Sultondan so‘ng uning noibi, qozi, jamoat imomi va mayyit asabalari (ota, o‘g‘il, nabira) keltirilgan tartibda haqdordirlar. Binobarin, agar marhum boshqa odamga vasiyat qilgan bo‘lsa ham, inobatga olinmaydi. Shu jumladan, mayyit egalari ham bu tartibga daxl qila olmaydilar. Janoza namozining ba’zi takbiridan kechikkan kishi hazrat Abu Yusuf (r.a.) qavllariga ko‘ra, kelgan zahoti takbir aytib janoza namoziga qo‘shiladi. Imom salom berganidan so‘ng tobut yerdan ko‘tarilguncha qoldirgan takbirlarini aytadi. Bunda hech narsa o‘qimaydi («Hadiyyatus-su’luk»). Savol: Janoza namozini o‘qish tartiblari qanday? Javob: Mayyit kafanlangach, unga janoza namozi o‘qiladi. Janoza namozi farzi kifoya – ya’ni, biror musulmon o‘qisa, barchadan soqit bo‘ladi. Aks holda barcha gunohkor bo‘ladi. Janoza namozining takbiri to‘rt takbir bo‘lib, o‘qilinadigan sano, durud va duolar sunnatdir. Demak, mazkurlarni bilmagan kishi ham komil tahorat qilib, mayyit ko‘kragi to‘g‘risida turib niyat qilib, to‘rt takbir («Allohu akbar») aytsa, janoza namozi joiz bo‘ladi. Janoza namozi uchun avval niyat qilib bo‘lgach, qo‘llarining bosh barmog‘ini quloq yumshog‘iga tekkizgan holda takbir aytadi. So‘ng sano o‘qib, yana takbir aytadi, ammo qo‘llarini ko‘tarmaydi. Uchinchi takbirdan oldin durud (salovot), to‘rtinchi takbirdan oldin esa duo o‘qiladi. Takbir aytilganda boshlar ko‘tarilmaydi. Shuni unutmaslik kerakki, besh vaqt namozga nimalar shart qilingan bo‘lsa, janoza namoziga ham shartdir. Mazkur shartlar ichida namozni pok joyda ado etish shartiga to‘xtalsak. Oyoq kiyimi najasotdan xoli bo‘lmasligi isbot talab qilinmaganligidan «Hadiyyatus-su’luk» kitobida zikr qilinganidek, janoza namozini ado etishda oyoqni oyoq kiyimidan chiqarib, uning ustiga, agar yer quruq bo‘lsa, yerga qo‘yib turishi zarurdir. Tug‘ilgandan so‘ng ovoz chiqarib uzilgan go‘dakka nom qo‘yiladi, yuviladi va janoza o‘qiladi. Agar o‘lik tug‘ilsa, nom qo‘yilib, yuvilib, janozasiz dafn qilinadi. Tushik esa lattaga o‘rab ko‘miladi, xolos. Download 137.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling