Dinda savolim bor. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
15
Birinchidan, mazkur hadis erkaklarni namozda sochlarini to‘plab o‘qishdan qaytargan.
Demak, xotinlar bundan mustasnodirlar.
Ikkinchidan, bu nahiy namoz o‘quvchi er kishiga nisbatan aytiladi. Demak, namozdan
tashqarida yig‘ishtirib yurishi mumkin.
Uchinchidan, fuqaholar bu nahiyni makruhi
tanzih, ya’ni, mubohga yaqinroq nahiy deyishgan. («Maslakul muttaqiyn», «Tashilu
zaruriy», «Majmuatul fatovo» kitoblari asosida tayyorlandi).
Savol: Ba’zi namozxonlar sajdaga borishda yerga avval qo‘llarini, so‘ng
tizzalarini qo‘yadilar. Sajdadan qiyomga turishda esa, aksincha, oldin
tizzalarini ko‘tarib, so‘ng qo‘llarini ko‘taradilar.
Javob: Bunday holda sajdaga borish va sajdadan qaytish makruh hisoblanadi.
Sajdaga borishda tizzalar
yerga tekkuncha tik tushiladi, so‘ng engashilib qo‘llar yerga
qo‘yiladi. Sajdadan qaytishda esa avval bosh va qo‘llar ko‘tarilib, so‘ng
tizzaga tayangan
holda turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: