Microsoft Word dinda savol1 ziyouz com doc
Download 137.65 Kb. Pdf ko'rish
|
Dinda savolim bor 1-kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol: Mahsi kiyish va mash tortish odoblari qanday Javob
kirishadilar.
Javob: Bunday qilish makruh. Tahoratga tegishli amallar orasiga boshqa amallarni qo‘shish sunnatga xilofdir. Sunnatga ko‘ra tahorat amallari orasiga begona amal kirmasligi kerak. («Hazonatul-fiqh»). Savol: Kishiga qachon g‘usl qilish vojib bo‘ladi? Javob: Islom dini musulmon erkak va ayollarga jimo’dan so‘ng, ehtilom bo‘lish (bulg‘anib qolish)dan so‘ng, ayollarga esa hayz va nifos (chilla)dan so‘ng g‘usl (gavda tahorati)ni vojib qilgan. G’usl qilmaguncha inson junublikdan chiqmaydi. Rasululloh (s.a.v.) aytganlar: «Allohning har bir mo‘mindagi haqqi yetti kunda bir marta butun a’zosini yuvib, g‘usl qilishligidir». Payg‘ambar alayhissalom mo‘minlarga juma kuni g‘usl qilishni buyurganlar. Amaliy va tibbiy tajribalardan ma’lumki, g‘usl kishilarni turli nopokliklardan tozalabgina qolmay, jimo’ tufayli yo‘qotilgan kuch-quvvatni tiklash va tanani tetiklashtirish uchun ham xizmat qiladi. Savol: G’usl qilmay turib so‘zlashsa yoki ovqatlansa bo‘ladimi? Javob: Rasulullohning zavjalari Oisha onamiz rivoyat qiladilarki, Rasululloh ramazon kunlarida saharlikda vaqt ziq bo‘lib qolsa, yuz-qo‘llarini yuvib, og‘izlarini chayib ovqatlanaverardilar. Saharlik taomini tugatib bo‘lganlaridan so‘ng subhdan keyin ustlaridan suv quyib olardilar. Demak bundan xulosa chiqadiki, g‘usldan oldin so‘zlashsa yoki ovqat yesa, zarari yo‘q ekan. Savol: Mahsi kiyish va mash tortish odoblari qanday? Javob: Mahsi kiyish va mash tortishning uchta sharti bor: a) Tahoratli oyoqqa mahsi kiysa, unga mash tortish joiz. Payg‘ambarimiz alayhissalom Mug‘iyra ibn Sho‘‘baga, (r.a.), u Nabiyning (s.a.v.) mahsilarini yechmoqchi bo‘lganida: «Ularni qo‘y, men ularni tahoratli oyoqqa kiyganman», deb aytganlar. b) Faqat tahorat olishda mash joiz. Junub kishi mash tortishi mumkin emas. v) Mash muddatiga rioya qilish. Muqim uchun bir kecha- kunduz. Musofir uchun uch kecha-kunduz. Savfon ibn Assal (r.a.) shunday deganlar: «Rasululloh (s.a.v.), safarda bo‘lsak, bizlarga mahsilarimizni uch kecha-kunduz yechmaslikni buyurar edilar». Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Nabiy (s.a.v.), mash muddatini musofir uchun uch kecha-kunduz va muqim uchun bir kecha-kunduz qilib belgilaganlar. Ba’zi insonlar bu muddatni besh vaqt namoz uchun deb xato o‘ylashadi. Balki bu yigirma to‘rt soat muqim uchun, yetmish ikki soat musofir uchun. Bu muddat tahoratni sindirganidan so‘ng birinchi tortilgan mashdan boshlanadi va inson bu muddatda besh vaqtdan ko‘p namoz o‘qishi mumkin. Download 137.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling