POLISEMANTIK O’ZLASHMALAR juda kamdan-kam hollarda o’zlarining
ma’nolari bilan o’zbek tiliga va boshqa tillarga kirib kelganlar. Chunki
o’zlashmalarning leksik ma’nolari alohida-alohida, bir-biriga bo’ysunmagan
muayyan obektiv sabablar bilan o’zlashtirilishi ularning semantik tuzilishining
to’laligicha kirib kelishiga to’sqinlik qiladi. Shu sababdan ko’pincha ko’p ma’noli
so’zning bir ma’nosigina kirib keladi. U o’zlashayotgan til uchun yangi narsa va
hodisani bildiruvchi, moddiy va ma’naviy hayotni anglatishda kerak bo’lgan
tushuncha yoki tasavvurni nomlovchi, tilning kam joyini to’ldiruvchi leksik birlik
sifatida tezda qabul qilinadi. Ularning boshqa ma’nolari va ma’no bo’yoqlari
o’zlarining tildagi keyingi rivojlanish va o’rnashib olish bosqichlarida yuzaga
chiqadi. Shu tariqada, bir ma’noli bo’lib o’zlashgan ko’p ma’noli so’z o’zining
boshqa va hatto butunlay yangi ma’nolarini namoyon qilib, uni qabul qilgan tilda
asta-sekin to’la voqe’likka aylanadi.
Polisemantik so’zlarning o’zlashgan tillardagi ma’no farqlarining tahlili ularni
quyidagicha guruhlarga bo’lib o’rganishni taqozo etadi:
1.
Bir ma’nosi o’zlashgan polisemantik o’zlashmalar.
53
2.
Polisemantik so’zlar ikki yoki undan ortiq ma’nolarida qo’llaniladi.
3.
Ma’nolari to’la o’tgan polisemantik o’zlashmalar.
4.
Ma’nosini kengaytirgan (oshirgan) polisemantik o’zlashmalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |