O’zlashgan so’zlarning ma’nosi, ularning o’zbek tili leksikasidagi so’zlar
semantikasiga ta’siri va ma’no jihatidan tilga moslashib ketishi masalalariga
qiziqish keyingi yillarda ayniqsa kuchaydi (13; 85). „So’zning semantik
strukturasi, so’zning leksikografik talqini, monosemiya, polisemiya kabi masalalar
bilan chambarchars bog’lanadigan bu muammo faqat semasiologiya uchun emas,
balki tilning lug’at tarkibini o’rganadigan boshqa lingvistik yo’nalishlar
(leksikologiya, leksikografiya, onomasiologiya, etimologiya kabilar) uchun ham
Turli tillardagi o’zlashgan so’zlarda semantik o’zgarishlarning sabablari va
umumiy tendensiyalari haqida ko’p izlanishlar qilingan. Bu izlanishlar leksik
o’zlashmalarning bir tildan boshqa ikkinchi tilga o’tish sabablarini o’rganishda,
50
Ma’lumki, so’z o’zlashishi dastlab so’z va uning ayrim leksik ma’nolari holatida
yuz berib, semantik tuzilishi to’la o’zlashmaydi. Chunki tilga kirib kelgan
dastlabki davrda o’zlashmaning ma’nosi to’la beriladigan va ifodalanadigan
kontekst hali shakllanmaydi. Zero, u xalqlarning o’zaro madaniy munosabatiga
bog’liq holda, unga tobe munosabatda qabul qilingan narsa va predmetlarning
ifoda etuvchi leksik ma’nosi orqaligina qabul qilingan bo’ladi.
Chet so’z asta-sekin tilda ma’lum leksik birliklar bilan bog’liq holda ishlatila
boshlaydi. Nutqda muayyan qo’llanish shakllarini oladi.
Nemis tilidan kirib kelgan o’zlashmalarning o’zbek tilidagi semantik tahlili
ularni manba tillar nuqtai nazaridan ikki katta guruhlarga bo’lib o’rganishni taqozo
etadi:
1.
Monosemantik o’zlashmalar.
2.
Polosemantik o’zlashmalar.
Do'stlaringiz bilan baham: