Microsoft Word Economic theory lecture 11


- rasm. Xarajatlarning jalb etilish manbaiga ko‘ra turkumlanishi


Download 168.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana31.01.2024
Hajmi168.47 Kb.
#1828172
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Economic theory - lecture 11

 
11.2- rasm. Xarajatlarning jalb etilish manbaiga ko‘ra turkumlanishi. 
 
Tashqi xarajatlar korxona tomonidan zarur resurs va xizmatlarni tashqaridan to‘lov asosida 
jalb etishi natijasida vujudga keladigan xarajatlardir. Bunday xarajatlarga yollanma ishchilar ish 
haqi, xom-ashyo va materiallar uchun to‘lovlar, kredit uchun foiz to‘lovlari, ijaraga olingan yer 
uchun renta, transport xizmati va boshqa har xil xizmatlar uchun to‘lovlar kiradi. Tashqi 
xarajatlar to‘lov hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi, shu sababli buxgalteriya xarajatlari deb ham 
ataladi. 
Korxonaning o‘ziga tegishli bo‘lgan resurslardan foydalanishi bilan bog‘liq xarajatlar 
ichki xarajatlar deyiladi. Bunday xarajatlar pul to‘lovlari shaklida chiqmaydi. Shu sababli ichki 
xarajatlar darajasini baholash o‘z resurslari qiymatini shunga o‘xshash resurslarning bozordagi 
narxlariga taqqoslash orqali amalga oshiriladi. 
Shu bilan birga tadbirkorlik faoliyatini ushlab turish uchun zarur bo‘lgan to‘lov-
me’yordagi foyda ham renta va ish haqi bilan birga xarajatlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Me’yordagi foyda iqtisodiy foydadan farq qiladi. Me’yoriy foyda-bu iqtisodiy resurs 
sifatidagi tadbirkorlik qobiliyatini rag‘batlantirib turish uchun to‘lanadigan haq hisoblanadi. 
Umumiy xarajatlar 
Tashqi xarajatlar 
Ichki xarajatlar 
Ishchi kuchiga sarflar
Xom ashyo xarajatlari
Yonilg’i energiyaga xarajatlar 
Transport aloqa xarajatlariga 
sarflar 
Bino insoot amortizatsiyasi
Texnika texnologiya 
amortizatsiyasi 
Ijara xaqi
Qarz pul mablag’lari va 
uning uchun foizlar
Bank xizmatlari uchun sarf 
xarajatlar 
Me’yordagi foyda


Agar biron-bir faoliyat turi me’yoriy foyda keltirmasa, tadbirkor bu faoliyat turi bilan 
shug‘ullanishdan to‘xtaydi va o‘zining kuch-quvvatini boshqa faoliyatga sarflaydi. 
Sarf-xarajatlarni ichki va tashqi xarajatlarga ajratish, korxona iqtisodiy faoliyati 
samaradorligini oshirish yo‘llarini qiyosiy tahlil qilish imkoniyatini beradi. 
Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir qilish yoki qilmasligiga qarab xarajatlar 
doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlarga bo‘linadi (11.3-rasm). 
Umumiy xarajatlar 
Doimiy xarajatlar 
O‘zgaruvchi xarajatlar 
Korxona to‘lov majburiyatlari 
Xom-ashyo 
Soliqlar 
Material 
Amortizatsiya ajratmalari 
Yonilg‘i 
Ijara haqi 
Transport xizmati 
Qo‘riqlash xizmati xarajatlari 
Ishchilar ish haqi va shu kabilar 
uchun xarajatlar 
Boshqaruv xodimlar maoshi va h.k. 

Download 168.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling