Microsoft Word Ернинг геологик эволюцияси Мухаммадова Наргиза


 Yer evolyutsiyasining quyi va yuqori paleozoy bosqichlari


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/35
Sana16.09.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1679743
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35
Bog'liq
7489872b99b53c945d0a0ae3d08feb4a Yerning geologik evolyutsiyasi

 
2.2 Yer evolyutsiyasining quyi va yuqori paleozoy bosqichlari 
 
Neoproterozoy (rifey) davridan boshlab, Yer yangi bosqichga kirib keldi. 
Faqat shu davrdan boshlab Yerning tarixida litosfera plitalari nazariyasi to’la-
to’kis amalga osha boshlaydi. Yerning tarixidagi bu bosqich uch geodinamik 
davrga ajratiladi. Bularni birinchilar qatorida A. Bertran belgilab bergan: 
1. Baykal geodinamik davri (neoproterozoy, rifey) baykal burmalanish 
va tog` hosil qilish davri bilan yakunlangan. Bu davrda Yapetus, Osiyo va 
Tetis okean havzalari paydo bo’lgan. 
2. Kaledon geodinamik davri (quyi paleozoy) silur va devonda kaledon 
burmalanish va tog` hosil qilish jarayonlari bilan yakunlangan. Bu davrda 
Yapetus, Osiyo, Tetis okeanlari qisman o’z faoliyatini to’xtatib, bekilgan va 
ularning o’rnida tegishli burmalangan o’lkalar paydo bo’lgan. Ularning 
ba’zilari qadimgi qit’alarni birlashtirgan bo’lsa, boshqalari yangi qit’a 
massivlarini hosil qilgan (Qozog`iston, Osiyoichi mayda qit’alari). 
3. Gersin geodinamik davri neoproterozoydagi uzoq davom etgan 
okean hosil qilish jarayonlarini yakunlagan. Okeanlarning burmalangan 
o’lkalarga aylanish jarayoni yuqori paleozoyga, ba’zi o’lkalarda quyi 
mezozoyga ham o’tgan. Hosil bo`lgan burmalangan o’lkalar mavjud qit’alarni 
jipslashtirib A.Vegener tasavvur qilgan Pangeya II superqit’asini yaratgan. Bu 
o’lkan tuzilmalar orasida mezozoyda ochilgan Atlantika, Hind va Shimoliy 
Muz okeanlarini ko’rsatish kerak.


37 
Har bir okeanning ochilishi va rivojlanishi ma’lum qonuniyatlarga 
bo’ysungan bo’lib, ularning o’rnida xilma-xil burmalangan o’lkalar paydo 
bo’lgan. Masalan, hozirgi Alp-Himolay burmalangan o’lka o’z ichiga Tetis 
okeanini mujassamlashtirgan, Ural-Oxota burmalangan o’lka esa Qadimgi 
Osiyo okeani hisobiga paydo bo’lgan. Yapetus okeani o’rnida Shimoliy 
Amerika va G`arbiy Yevropa kaledonidlari paydo bo’lgan.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling