40
bo’lgan. Yuqori kembriy va quyi ordovikda okean
chetlarida orollar yoylari
paydo bo’la boshlagan. Ordovikning o’rtasida G`arbiy Gondvananing bir
qismi, asosiy qit’adan uzilib, Avaloniy nomi bilan ma’lum bo’lgan kichik
qit’a yaratadi.
6-rasm. Yevropa gersin burmalangan hududlarida Avalon kichik
qit’alarining qayta tiklanishi (N.Hobman, D.Franke). . 1 — kadom
davridagi poydevor qoldiklari; 2 — Avalon plitasi; 3 — nadviglar,
surilmalar; 4 — paleomagnit kenglik aniqlangan joylar, gradusda
berilgan; 5 — muzlik yotqiziqlari; 6 — Yapetus okeanining qoldig`i
(suturasi); 7 — Tronkvist yorig`i.
Uning Lavrentiy qit’asi tomon harakatlari
Yapetus okean maydonini
qisqartiradi. Ordovikning oxirida ushbu okean litosferasi Shimoliy Amerika
tagiga surila boshlaydi. Natijada bu okean avval qisqarib, keyin, umuman,
burmalangan o’lka paydo bo’ladi. Baltiya, Lavrentiya qit’alarining jipslashishi
natijasida hosil bo’lgan Lavrussiya mezozoygacha mavjud bo’lgan.