Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc
Download 437.9 Kb. Pdf ko'rish
|
G\'aroyib bolalar
www.ziyouz.com кутубхонаси
43 — Ho'v zang'ar, bizning uyimizda hech kim bunaqa demaydi-ku! — deb baqirib berdi. Hamma kulib yubordi. Dadamning o'ziyam noiloj iljayib qo'ydi. Mehmonlar tarqalishgach, dadam meni yomon koyib berdi. — Men qaydan bilay. To'g'ri ko'ngilda so'rayapsizlar, deb o'ylabman, — dedim o'zimni oqlamoqchi bo'lib. Xatim yana cho'zilib ketdi, Zaynab. Bu gal qisqaroq yozmoqchi edim, ilojini qilolmadim. Yozgi kanikulda Istanbulga kelmoqchimisan? Kelib qoisang, ko'risharmiz. Senga havasim keladi — Anqarani ham ko'rding. Men bo'lsam hali Istanbuldan chetga chiqqanim yo'q. Senga salomatlik tilagan holda xatimni tugataman. Ahmad Tarbay. Vatanparvar bo'linglar Anqara, 14-yanvar, 1964-yil. Ahmad qardosh! Kanikulda Istanbulga borish-bormasligimni so'ragan ekarsan. Dadamga otpuska tegmaydi. Yangi joyga ishga kelganiga hali bir yil to'lgani yo'q. Shuning uchun u oyim ikkovimizni yolg'iz yubormoqchi. Agar boradigan bo'lsak, Istanbulda bir oy turamiz. Lekin hali aniq emas. Dadamni yolg'iz tashlab ketishga oyimning uncha ko'ngli yo'q. Bizsiz qiynalib qolishi mumkin. Mabodo borsak, xolamnikida to'xtaymiz. Seni o'zim topib olaman. Yaqinda men yomon bir ish qilib qo'ydim. Gapirib bermasam bo’lmaydi. Hozircha bundan faqat Metinning xabari bor. Sababi — u ham menga sherik bo'lgan. Sen sirni bilgan uchinchi odamsan. O'tgan yakshanba kuni buvamlarning uyiga mehmonga borgan edik. Ancha olisda turishadi. Buvam qarib qolganlar, shuning uchun yuqori qavatga chiqolmaydilar. Uylari ham ikkinchi qavatda, ijarada turishadi. Aslida ularga birinchi qavat munosib edi-yu, lekin o'zlari bopi topilmadi. Hozirgi turgan kvartiraga o'n sakkiz zinani bosib chiqishadi. Men o'zim sanagan emasman-u, lekin buvam har ikki gapning birida: «Yana o'n sakkiz chog' zina bosdim. Dam ola-ola, zo'rg'a ko'tarildim», deydi. Nega zinadan gapirganimni keyin bilasan. Yaxshiyamki, buvam eng balanddagi kvartirada turmaydi. Aks holda, o'sha kuni hamma gazetalar falon joyda katta baxtsiz hodisa ro'y berdi, deb yozib chiqqan bo'lardi... Opamning dugonalari kelishi kerak ekan, shuning uchun u uyda qoldi. Dadam, oyim, Metin va men avtobusga tushib, buvamlarnikiga bordik. Buvam tayyorgarlik ko'rib qo'ygan ekan, bizni yaxshilab ziyofat qildi. Ovqatdan keyin buvam bilan dadam ro'para o'tirib olib, qahvaxo'rlikni boshlab yuborishdi. Men ularning qahva ustida gaplashib o'tirishlarini yoqtiraman. Shuning uchun yonlaridan jilmadim. Xonada uchovimiz qoldik. Gazeta o'qiyotgan bo'lib o'tiraver-dim. Ikki qulog'im ularda. Ba'zan boshimni ko'tarib, sekin qarab ham qo'yaman. Buvam siyosatga qiziqadigan odain. Dadam bilan ikkovlari yolg'iz qolishsa, nuqul shundan bahs qilishadi. Buvamning yana bir odati bor — ovqatdan keyin uni mudroq bosadi. O'zi qaliva ichib o'tirgan bo'lsayam, ko'zi yumilib ketaveradi. Bunday paytlarda u dadamdan siyosat bobida bir nimani so'ragan bo'ladi. Dadam bilganicha gapirib berayotganida buvamning ko'zi ilinadi. Buni ko'rib, dadam jim bo'ladi. Ammo joyidan jilmay o'tiraveradi. Buvamning boshi shilq etib tushadi yoki yonboshiga qiyshayadi. Ba'zan esa bemalol orqasiga yastanib oladi. Sal o'tmay xurragidan o'zi cho'chib ketadi. — Xo'-o'-sh... Keyin nima bo'ldi? Shunaqada dadam o'rnidan turib ketgan bo’lsa, qattiq ranjiydi, meni behurmat qildi, deb ko'ngli ozor topadi. Shuning uchun buvam o'tirganida dadam uning oldidan bir qadam ham jilmasligi shart. Mabodo pinakka ketishdan oldin o'zi gapirayotgan bo’lsa, ko'zini ochar-ochmas: — Xo'sh, nima deb turgan edim? — deya so'rab qoladi. Dadam bunday kezlarda hushyor bo’lishi, gap qa-yerda chala qolganini aytib berishi lozim. Agar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling