Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc


Download 437.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/75
Sana01.10.2023
Hajmi437.9 Kb.
#1690390
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   75
Bog'liq
G\'aroyib bolalar

www.ziyouz.com кутубхонаси 
42
bo'limiga olib borishibdi. Komissar ko'radiki, bu odam ajnabiy. Qo'yib yuborilsin, deb buyuribdi. 
Injener bu saxovati uchun komissarga turk tilida minnatdorchilik bildiradi... Xullas, u politsiyaning 
qoiidan zo'rg'a qutilib, to'g'ri kasalxonaga borib tushadi. Kasalxonada to'rt kungacha o'ziga kelmay 
yotadi. 
Juda alomat ish bo'lgan ekan, toza kuldik. 
Yaqinda dadam uyga mehmon keladi, deb qoldi. Nozikroq mehmonlar ekan, oyim katta hozirlik 
ko'rdi. Er-xotin bo'lib olti kishi kelishdi. Fato'sh mehmonlarga yoqib qoldi. Juda odobli, shirin so'z qiz 
ekan, deyishdi. Bola tarbiyasidan gap ochilib, ko'p maqtashdi. Dadam ham ularga qo'shildi. 
— Bizning xonim bolalarni ko'chaga yolg'iz chiqarmaydi, afandilar. Shuning uchun ham tarbiyalari 
joyida. 
— Ha, ko'cha bolani buzadi. Bolalar ko'chada har xil yomon gaplarni eshitadi. Shuning uchun 
Fato'shni hecham ko'chaga chiqarmayman, — deb qo'ydi oyim. 
— Juda to'g'ri ish qilasiz, xonim afandim, — dedi 
mehmon ayollardan biri oyimga qarab. — Ko'cha uyoqda tursin, hozir maktab ham bolalarni 
buzyapti. Ko'z tegmasin, qizchangiz g'oyat odobli ekan, yaxshi tarbiya beribsiz. 
Bu maqtovlarni eshitib Fato'sh shishib ketdi. Butun bilgan narsalarini ishga solib, yana nimalarga 
qodir ekanini mehmonlarga ko'rsatib qo'ymoqchi bo'ldi. 
— Ho'v dada! 
Fato'sh hamma kulib yuboradi, deb o'ylagan edi. O'tirganlar sovuqqina kulgan bo'ldi. Og'ir jimlik 
cho'kdi. Dadam xijolatpazlikdan nima qilarini bilmay, qiyin ahvolga tushib qoldi. Fato'sh mehmonlar 
nega sharaqlab kulmaganiga hayron bo'ldi, yaxshi eshitishmagan bo’lsa kerak, degan xayolda 
qattiqroq baqirdi: 
— Ho'v dada! Sizga aytyapman! 
Mana men nimalarni bilaman, deganday mehmonlarga bir-bir qarab chiqdi. Dadam vaziyatni 
yumshatish uchun muloyimgina qilib: 
— Ha, oppoq qizim, nima deysiz? — deb so'radi. 
— Dada deyman! Ho'v dada! 
— Ha, nima deysan? 
Dadamning jahli chiqa boshladi, qoshlari chimirildi. . 
Ammo Fato'sh hayron — nega bular kulmaydi? 
— Ho'v dada! Sizga aytyapman! 
Oyim iljaygan bo'ldi. Lekin Fato'shning ko'ngli to'lmadi — u nima qilib bo'lsayam mehmonlarni 
qoyil qoldirishi kerak. Birdan u amerikalik injener dadamdan ma'nosini so'ragan yaramas so'zni aytib 
yubordi. Fato'sh yengib chiqdi. Hamma sharaqlab kulib yubordi. Dadamning qattiq jahli chiqdi-yu, 
lekin sezdirmadi. Fato'shga o'qrayib qaradi. Singlim taltayib ketib boyagi gapni yana ikki-uch marta 
takrorladi. Oyim bildiki, uni yaxshilikcha tinchitib bo'lmaydi. Shuning uchun: 
— Bas endi, jim bo’lmasang tilingni kesib olaman, — deb qattiq jerkib berdi. 
Kulishning o'rniga so'kish eshitgan Fato'sh alarmdan yig'lab yubordi, Qani endi ovunsa! Oxiri oyim 
uni yetaklab, xonasiga olib chiqib ketdi. Joyiga yotqizib, keyin qaytib kirdi. 
— Hechqisi yo'q, xonim afandim, xafa bo'lmang,— dedi mehmonlardan biri oyimni yupatib. — Bu 
hali holva. Biznikilarning og'zidan bodi kirib, shodi chiqadi. Qizchangiz go'dak hali, nima deganini o'zi 
ham bilmaydi. 
— Bunaqa bema'ni gaplarni kimdan eshitibdiykin, hayronman, — dedi dadam o'zini goilikka solib. 
Dadamning yoniga oyim qo'shildi: 
— Mening ham boshim qotdi. Ko'chaga chiqmasa, yomon bolalar bilan o'ynamasa... 
Fato'sh buni qayerdan eshitganini chindan ham bilishmasa kerak, deb o'ylabman. Shuning uchun 
haq gapni ayta qoldim: 
— Qayerda bo'lardi, uyda eshitadi-da, bunaqa gaplarni. 
Dadamning tepa sochi tik bo'lib ketdi. 


G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin 

Download 437.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling