Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc
Download 437.9 Kb. Pdf ko'rish
|
G\'aroyib bolalar
www.ziyouz.com кутубхонаси
40 Mehmonga kelgan xonimning tagidan bir parcha qog'oz chiqdi. — Iya, radioning qog'ozi-ku, — deb yubordi dadam. — Bir oydan buyon topolmay yuruvdim. Dadam qidirgan avtoruchka tarelkalarning orasidan chiqdi. Kimdir yanglishib pichoqni axlat idishiga tashlab yuboribdi. Xullas, ancha-muncha narsalarni topib, ega-egasiga qaytarib berdik. — E-e, buni qarangiar, kimdir sigaretni tagimga qo'yib ketibdi-ya! Qaysi bir g'irromning ishi bu! — deb qoldi bir payt buvam. Bundoq qarasak, buvam tushmagur bizni rosa ovora qilib qo'yib, sigaretini o'zi bemalol tagiga bosib o'tirgan ekan. Hech kim indamadi. Xullas, o'sha kuni eshitgan gaplarim menga alam qildi. Zarda ustida xonani yig'ishtirib chiqdim. Chindan ham uyga ancha qaramay qo'ygan ekanman. Endi ivirsiq qiz degan nomdan qutulmoqchiman. Sendan olgan xatlarim ham to'zg'ib yotgan ekan, ancha tartibga solib qo'ydim. Hammasini papkaga joyladim. Eski sinfdoshlar ichida faqat sen menga muntazam xat yozib turibsan. Mine ham onda-sonda yozib turadi. Damir bilan Yashardan bir marta xat oldim. Hammalariga javob yozib yubordim. Tez-tez xat yozib tur. Kelishdikmi? Senga muvaffiaqiyatlar tilab qoluvchi: Zaynab Yolqir. Ayb bo'ladi Istanbul, 11-yanvar, 1964-yil. Aziz do'stim Zaynab! Sen bilan to'rt yil birga o'qiganmiz. Seni sin-fimizning eng saranjom-sarishta qizlaridan deb bilardik. Shuning uchun seni ivirsiq deyishganini eshitib, juda hayron bo'ldim. Uyda menga laqab qo'yib olishgan. Nuqul lapashang deyishadi. Ammo buning tagida jon bor. Dasturxonga o'tirsam, albatta choy to'kmasdan turmayman. Nechog'liq urinmay, baribir choyim to'kilib ketaveradi. Oying nuqul Metinga tilingni kesib olaman, deb po'pisa qilishini qaysi bir xatingdayam yozgan eding. Harama onalar shunaqa ekan. Mening oyim ham Fato'sh degan singlimni hamisha shunaqa qo'rqitadi. Singlim hali yosh, ikki yildan keyin maktabga boradi. Bu narsa o'zimning ham boshimdan o'tgan. Menga ham oyim tilingni kesib olaman, deb dag'dag'a qilardi. Ammo tilim joyida turibdi. Yaqinda Fato'sh yomon bir qiliq ko'rsatdi. Oyim uni rosa urishdi, tilingni kesib olaman, deb po'pisa qildi. Lekin bu gal chindan ham Fato'shning tili uzayib qolgan ekan. Mana, eshit voqeani. Dadamning qiziq odati bor — har ikki gapning birida «ho'v», «voy zang'ar-ey!» degan bo'lmag'ur so'zlarni ishlatib turadi. Fato'sh bo'lsa naq to'tining o'zi, kimdan nimani eshitsa, darrov shuni qaytaradi. U: «Ho'v falonchi», «voy zang'ar-ey!» deb chuldirab qolsa, uydagilar o'zlarida yo'q suyunib ketishadi. Keyin uni: «Namuncha tili shirin-a. Xuddi katta odamga o'xshab gapiradi-ya», deb erkalashadi. Tunov kuni bir qo'shni amakimiz biznikiga chiquvdi. O'zi juda qiziqchi odam. Shunaqayam gapni boplaydiki, eshitsang, qotib-qotib kulasan. Fato'shni aytmaysanmi, nuqul qiqir-qiqir kuladi. Aslida bo'layotgan gap-so'z bilan ishi yo'g'u kim kulsa o'shanga qo'shilib qiqirlaydi. Endi kulgining boisini aytib beray. Qo'shni amaki ishlaydigan idoraga allaqaysi mam-lakatdan bir mutaxassis kelgan ekan. O'zi nemismish. O'sha nemis bir kuni qo'shnimizni to'xtatib: — Sizning yurtingizda «ho'v» degan so'z ko'p ishlatilarkan. Odamlar bir-birini shu so'z bilan chaqirisharkan. Bu nima degani o'zi, juda qiziqib qoldim. Kimdan so'ramay, qoniqarli javob ololmadim, — debdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling