Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc


Download 437.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/75
Sana01.10.2023
Hajmi437.9 Kb.
#1690390
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   75
Bog'liq
G\'aroyib bolalar

www.ziyouz.com кутубхонаси 
37
— Shoshma, kanopni sekin yechib ol. Biror joyga olib qo'y, kuningga yaraydi, — deb qoladi. Yana 
bilamanki, dadamning bugun ham ko'chada sarfi katta bo'lgan. 
Dadamning qiziq odati bor — og'aynilari bilan biror yerda o'tirib qolsa, nuqul pulni o'zi toiagisi 
keladi. Buni necha marta o'z ko'zim bilan ko'rganman. «Cho'ntakni kovlamang, qo'ying, xafa 
bo'laman... Mana menda bor», deb turib oladi. 
Ammo ertasiga uyda tamoman o'zgarib qoladi. 
— Eski gazetalarni yirtmasdan olib qo'yinglar. Biron narsaga yarab qoladi. Qolaversa, yig'ib 
yursangiz keyin sotishingiz ham mumkin. Juda bo'lmasa pechkaga yoqsangiz, uyni isitadi. 
«Toma-toma ko'l bo'lur» degan maqol sizlarnikida ko'p ishlatilar ekan. Bizning uyimizda «O'zingda 
bo'lsa, kuningga yarar» degani tildan tushmay keladi. 
Shunisi ham borki, ko'cha-ko'yda pulini sovurib kelmagan kunlari dadamning qo'li ochiq bo'ladi. 
Yangi yil kechasidayam, ertasigayam shunaqa bo’ldi. Dadam yangi yilda menga akvarel bo'yoq olib 
berdilar. Fevralda ikki haftaga kanikulga chiqamiz. Shunda mazza qilib surat chizaman. 
Yangi yilda butun uy ichingiz bilan hammangizga baxt-saodat tilayman. 
Ahmad Tarbay.
 
Ivirsiq qiz 
Aziz sifndoshim Ahmad! 
Avvalambor senga Hikmatdan gapiray. Hikmat darsga qatnay boshladi. Ota-onasi yana yarashib 
olishibdi. Boyoqish juda xursand bundan. 
Senga yana bir yangilik aytmoqchiman. Menga yozgan hamma xatlaringni yig'ib kelayotgan edim
ammo har yer-har yerda tartibsiz sochilib yotardi. Kecha hammasini tartibga soldim. Yozgan 
kunlaringga qarab oldinma-keyin qilib chiqdm. Yaxshi bo'ldi. Bu narsa sira xayolimda yo'q edi, bir gap 
bilan shu ishni qildim. Mana, eshit, bir boshdan gapirib beraman. 
Uyda hammasi meni palapartish ish qilasan, narsalaring doim ivirsib yotadi, deb koyishadi. 
Holbuki men qo'ygan narsasini topolmay yuradigan, besarishta odamni yomon ko'raman. Demak, 
yomon ko'rgan odamim o'zim ekanman-da. 
Yakshanba kuni erta bilan uy daftarimni topolmay xunob bo’lgan edim, oyimdan rosa gap eshitib 
oldim. 
— Nimaga bunaqa merovsan-a, qizim? Doim bir nimang yo'qolib qoladi-ya... Es-hushingni yig'ib 
yursang bo'lmaydimi?! 
Oyimning yoniga dadam qo'shildi. Buvam bilan buvim kelgan edi, ular ham palapartishligimni 
yuzimga solishdi. Opamga-ku xudo berdi — kelgan joyidan u ilib ketdi. Hammalari meni talab 
ketishdi. Jonimga ora kirgan birgina Metin bo'ldi. 
— Bu uyda odam o'zini ham yo'qotib qo'yishi hech gap emas, — dedi u meni yupatib. 
Hammalari menga yopishganiga rosa xo'rligim keldi. Alamdan nima qilishimni bilmay xonamga 
kirib, bir chekkadan yig'ishtirishga tushdim. Stol usti-ni, kitob javonlarini tartibga soldim, buyumlarni 
joy-joyiga qo'yib chiqdim. Narsalarimni yig'ishtirayotib, uydan labga surtadigan pomada, har xil 
otkritka, bir poy paypoq topib oldim. Hammasini ularning oldiga olib chiqdim. Haliyam mening 
g'iybatimni qilib o'tirishgan ekan. 
— Manavi paypoq kimniki? Tortmadan chiqdi, — deb paypoqni irg'itdim. 
— Iya, kecha qidirib yurgan eding-ku buni, — dedi oyim dadamga qarab. 
— Xo'sh, pomada kimga qarashli? 
— Qayerda ekan? Qidirmagan joyim qolmadi. 
— Allakim stolimga qo'yib ketibdi. 
— Kecha o'sha yerda unutgan ekanman-da, — deb kuldi oyim. 
Otkritkaga navbat keldi. 
— Bu kimniki bo'ldi? 


G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin 

Download 437.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling