Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc
Download 437.9 Kb. Pdf ko'rish
|
G\'aroyib bolalar
www.ziyouz.com кутубхонаси
48 — Qo'lingga qancha jon qaraydi? — Besh kishini boqaman. — Voh-voh, senga jabr bo'libdi-yu... Xo'jayin chuqur xo'rsinibdi. Uning yuragi achishayotganini ko'rib, dadamning o'pkasi to'libdi-yu, lekin labini mahkam tishlab turaveribdi. — Jujuqlar maktabga qatnaydimi? — Bittasi o'qiydi, ikkinchisi uyda. — Afsus, afsus... Bundan chiqdi, ikkinchisini o'qitishga qurbing yetmabdi-da? — Yo'q, hali yosh. Katta bo'lsin, albatta o'qita-man. — Buning ustiga uch yilda bir marta xotinga palto olib berish kerak. Juda mushkul ish-a? — Yo'q, nega? Eplab turibman. — Ha... Xotining tez-tez og'rib tursa ham kerak... — Sogiig'i yaxshi. — Sog' odam kasal bo’lmay iloji yo'q, birodar. Yotib qolsa nima qilasan? Voh-voh... Boyoqishning holi nima kechadi? Doktorga ko'rsatish kerak, dori-darmon buyuradi... Hammasi pulning zavoli... Operatsiyani nima qilmoqchisan? — Qanaqa operatsiyani? — O'g'ilchani-da... — Operatsiya nimasi, beyafandim? Hech hojati yo'q. — Hozir hojati bo’lmasa, keyin bo'ladi. Boshda bor narsa bu... Xo'jayinning ovozi qaltirab ko'zi namlanibdi. Shu paytgacha o'zini mahkam ushlab turgan dadam buni ko'rib ortiq chidayolmabdi. — Qo'ying endi, beyafandim, ko'ngilni buzmang... Bir ilojini qilarmiz axir... Bo'ldi, yig'lamang. Dadam xo'jayini bilan qo'shilishib, ho'ng-ho'ng yig'lashibdi. Shu voqeani gapirib bo’lgach, dadam hamisha bunday deydi: — Xo'jayin bilan nima haqda gaplashganimiz esimda. Lekin o'sha joyga kelgandan keyin tamoman o'zimni yo'qotib qo'yibman. Xo'jayin o'pkasi shishib yana allanimalarni gapirdi, ikkovimiz rosa yigiab-siqtadik. Allamahaldan keyin es-hushimni yig'ib oldim, qani, nima deyapti ekan, deb gapiga quloq soldim. Bundoq qarasam, Hazrati Alining o'g'illari Hasan va Husayin Karbaloda qandoq shahid bo'lganlarini ta'riflab turgan ekan. Bu zang'ar gapni qandoq qilib Hasan bilan Husaynga bog'labdi, hayronman. Xullas, dadam o'sha kuni xo'jayinning oldidan qovog'i shishib chiqibdi. Mana, ko'rdingmi, Zaynab, nafasi o'tkir odamlar gapirganda yig'lamay hech iloj yo'q. Agar o'sha mash-hur jurnalist maktabga qayta kelib qolguday bo’lsa, yana ko'zyoshlar to'kilishi turgan gap. Xo'p, omon bo'l. Xatingni kutaman. Ahmad Tarbay. Download 437.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling