Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc
Download 437.9 Kb. Pdf ko'rish
|
G\'aroyib bolalar
www.ziyouz.com кутубхонаси
47 — Buva, arabchani bilasizmi? Imom o'qiganda nimaga yig'ladingiz? — deb so'radim. — Qayoqda deysan, bolam. Imom ham, men ham arabchani bilmaymiz. — Unaqa bo'lsa nega yig'ladingiz? — Qandoq qilay, bo'tam. Imom qanchalik chiroyli qiroat qilganini ko'rdingmi? Kim biladi deysan, balki qiyomatdan gap ketgandir. Buvamning esiga yana imom tushib, ko'ziga yosh oldi. Men ham unga qo'shildim. Bu voqeani hali-hali eslab yuraman. Biz tomonda bir kishi bor. O'zi ko'chama-ko'cha har xil sabzavot sotib yuradi. Xudoning bergan kuni eshigimizning tagidan baqirib o'tib qoladi. Shu odamning ovozini eshitsam, negadir ko'nglim buzilib, ko'zimga qiltillab yosh kelaveradi. Bo'lmasa yig'laydigan joyi yo'q. «Karam, rediska keldi, kep qoling», «Mana, kimga pomidor, kimga piyoz», deb baqirib yuradi, xolos. Buning nimasiga yig'laysan, to'g'rimi? Demak, menga uning gap-so'zi emas, balki yalinchoq ovozi qattiq ta'sir qilarkan. O'qituvchimiz ham she'rlarni bizga doim qiroat bilan o'qishni o'rgatadi. O'qish kitobida bir she'r bor. «Armon ila ketgan edim» degan misra bilan boshlanadi. O'qituvchimiz bizga shuni qanday o'qish kerakligini o'rgatdi. «Tanda g'uborim qolmadi» degan ikkinchi misrani mumkin qadar cho'zibroq, mung-liroq o'qish kerak, deb tayinladi. Xuddi bozorda sadaqa so'rab yurgan qalandarga o'xshab, «Tanda g'ubo-o-orim qolmadi» deyish kerak ekan. Shu she'rni eshitsam, ko'zimga yosh keladigan bo'lib qoldi. Bir kuni o'qituvchimiz yana shu she'rni o'qib ko'rsatayotgan edi. «Tanda g'ubo-o-rim qolma-di» deb qiroatini kelishtirgan ham ediki, orqa par-tadan kimdir chidab turolmadi. — Yo huv... — Qaysi betamiz bu? Tur o'rningdan! — baqirib berdi o'qituvchi. Orqa partadan Yashar turdi. — Kechirasiz, afandim, bilmay aytib yuboribman. O'qituvchi aybiga iqror bo’lgani uchun Yasharni kechirdi. She'r o'qishni yana davom ettirdik. «Bir qultum suvga zor ko'ngil, asti madorim qolmadi». «Bir qultum...» deb boshlanadigan misrani o'qi-ganda ovoz titrab turishi kerak ekan. Ya'ni sen suvni emas, xuddi joningni so'rab qaroqchiga yolvoryapgan-dek. Ana shunaqa gaplar. Odam bolasi muomalaga usta bo'lishi, qayerda yumshoq va qayerda qattiq gapirishni bilishi kerak. Buni yaxshi tushunaman. Dadam nuqul xo'jayinini gapirib yuradi. Juda usta odam emish. Dadam hammaga shunaqa deb aytadi. Ko'pincha fabrika ishchilarining o'zi yoki ularning vakillari xo'jayinning oldiga kirib, tirikchilik og'ir bo'lib ketganini aytib, ish haqini oshirishni talab qilisharkan. Bunday paytlarda xo'jayin ovozini mumkin qadar yumshatib, ipakdek muloyimlik bilan nimalarnidir gapirib berarkan. Gapirayotganida o'zidan o'zi to'lqinlanib, ko'ziga yosh olarkan. Uni ko'rib, ishchilarning ham yurak-bag'ri ezilib ketarkan. Har ikki tomon obdan ho'ngrab olgandan keyin ishchilar asl muddaoni ham unutib, silliqina chiqib ketisharkan. Keyin es-hushlarini yig'ib olgach: «Xo'jayin nimani gapirdi, nega yig'ladik», deb toza hayron bo'lisharkan. Ammo xo'jayin bularga nima deganini hech kim aniq bilmas emish. — Hozir men xo'jayinning oldiga kiraman. Tavakkal. Nima deb gapirsayam, qattiq turaman, ko'zyoshi qilmayman. Yo oylikni oshiradi, yo meni ishdan haydaydi, — debdi bir kuni dadam o'rtoqlariga. Dadam shitob bilan ichkari kirib, «beyafandim», deb endi og'iz juftlagan ekan, xo'jayin gapni ilib ketibdi. — Bilaman, qardoshim, bilaman. Hammadan senga qiyin. Tirikchilik ham og'irlashib ketdi... Xabarim bor, sezib yuribman. Bunga ko'ngilni buzmasa ham bo'ladi, jo'n gap. Ammo o'qigan bilan eshitgan boshqa bo'larkan.- Birov senga sidqidildan achinib, shafoat bilan gapirib tur-ganidan keyin tosh bo’lsa ham erib ketarkan. Lekin dadam tishini tishiga qo'yib ko'ngilni mahkam qilib turaveribdi. Ikki o'rtada savol-javob boshlanibdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling