Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc


Download 437.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet55/75
Sana01.10.2023
Hajmi437.9 Kb.
#1690390
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   75
Bog'liq
G\'aroyib bolalar

www.ziyouz.com кутубхонаси 
55
— Mushukcham... Mushukcham... Mushukcham... 
— Mingta mushuging bormi o'zi, ovsar! — deb o'shqirdi amakim. Hamma kulib yubordi. 
— Bolani o'z holiga qo'ysang bo'lmaydimi? Nega unga hadeb baqirasan? Esini kirdi-chiqdi qilib 
qo'yganing yetmaydimi! — dedi kelinoyim o'g'lining yonini olib. 
Bola: «Mushukcham...» 
Araakim: «Bor...» 
Bola: «Bir kichkina... Kichkina... Kichkina...» 
Kelinoyim: «Ichganlari...» 
Bola: «Ichganlari...» 
Amakim: «Sutgina...» 
Bola: «Sutgina...» 
Kelinoyim: «Miyov, miyov...» 
Bola: «Miyov, miyov qiladi». 
Amakim: «Ko'zin...» 
Bola: «Ko'zin suzib turadi. Bersam...» 
Amakim: Xo'sh, nimani bersam? 
Bola: «Bersam nonni yemaydi, O'zi sichqon tutmaydi». 
Kelinoyim: Yasha, o'g'lim. 
Bola: «Dangasa ekan bilsam
Mening baroq mushukcham». 
Bola yengil tin oldi. She'r tugaganiga bola ham, biz ham xursand bo'ldik. Ammo amakimning 
ko'ng-lidagidek bo'lmadi chamasi, «ho'kiz!» deb o'g'lini jerkib berdi. 
— Begona odamlarning oldida yotsiraganga o'xshaydi. 
Injenerning xotini kelinoyimning bu gapini ma'qulladi. 
— Ha, ko'pchilik o'tiribdi, uyalgan bo’lsa kerak. 
Biz chapak chalib turgan edik, amakivachcham yengiga ko'zyoshini artib, tashqariga chiqib ketdi. 
Rasmlaringni olib kelganmisan, qizim? — Qo'shnimiz qo'li gul qizidan so'radi. — Bor bo'lmasa, 
olib chiq, amakilaring bir ko'rishsin. 
— E-e... — dedi qizi erinib. 
Oyisi luqma tashladi: 
— Bo'yoqlar topilsa, shu yerning o'zidayam rasm solaveradi qizim. 
Dadam menga qaradi: 
— Bo'yoqlaringni olib chiq, o'g'lim. 
G'ijinib ketdim. Lekin ilojim qancha. Dadamning o'zi yangi yilda sovg'a qilgan bo'yoqlarni zo'rg'a 
olib chiqdim. Ro'yxush bermay qutichani qizga uzatdim. 
Qizcha stol ustiga munkayib olgach, qog'oz betiga bo'yoqlarni chaplay boshladi. Buni ko'rib 
diqqinafas bo'ldim. Chetroqqa borib turdim. 
Shu orada injener mehmon fransuzchani sharillatib gapiradigan qizini yoniga chaqirdi. Keyin 
fransuzchalab unga bir nima dedi. 
— Ui, — deb javob berdi qizcha. 
Otasining keyingi savoligayam u xuddi shu javobni berdi. Injener nima demasin, qizi shu bitta 
so'zni aytadi. Oxiri otasining xunobi oshdi. 
— «Ui»dan boshqa so'z qurib qolganmi? 
— Bo'lmasa «No» deb aytaymi? «No»ga kelganmidik? 
— Ha, albatta. «No» deb javob berish kerak. Shuning navbati. 
Qizcha «No»ga o'tib oldi. Dadasi nimani so'ramasin hammasiga «no» deb javob qaytarib turdi. 
Ota-bolaning gapiga diqqat bilan quloq solib turdim. Chunki bo'lgan voqeani senga yozib yuborishga 
ahd qilgan edim. Ammo injenerning fransuzcha aytgan gaplariga sira tushunmadim. Esimda qolgan 
ba'zi jumlalarni esa litseyda o'qiydigan bir boladan so'rab bilib oldim. 


G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin 

Download 437.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling