Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc
Download 437.9 Kb. Pdf ko'rish
|
G\'aroyib bolalar
www.ziyouz.com кутубхонаси
63 o'zingni aldaysan, deydilar. Dadam jo'ralari bilan yig'ilib qolishsa, nuqul mak-tab yillarini eslab o'tirishadi. Yaqinda yana shunday bo'ldi. O'sha kuni buvam ham biznikida edilar. Ulfatlar o'qish yillarini eslab o'tirishgan edi, Nurton baqaloqning dadasi to'satdan: — Hov, esingizdami, algebra o'qituvchisi Sabribey bo’lardi. O'shaning etagiga boplab shpargalka osib qo'yuvdik-a? — deb qoldi. — Voy, bu nimasi? Qani, biz ham eshitaylik, — yalindi xotini. — Rahmatli Sabribeyni hamma kal deb chaqirardi. O'zi litseyda bizga algebradan dars berardi. Imtihonda yuragimizni hovuchlab o'tirardik. Juda johil odam edi. Buning ustiga: «Mening imtihonimda hech kim shpargalka ishlatolmaydi. Bunaqa mardi hali tug'ilmagan», deb kerilib ham yurardi. Bizga imtihon savollarini berganidan keyin bir joyda o'tirmas, nuqul oldimizda o'ralashib yurardi. Bir kuni imtihon ketayotgan edi, ichimizdan bir bola... — Najdod so'takmidi o'sha? — uning gapini bo'ldi dadam. — Balli, Najdod so'tak qiluvdi bu ishni. Hozir qayergayam elchi bo’lib ketgan. O'sha Najdod masalaning tayyor javobini kitobdan ko'chirib, kal Sabrining orqa etagiga qadab qo'ydi. Orqasida bir parcha qog'oz osilib yotganidan kal Sabrining mutlaqo xabari yo'q. Bolalarning hammasi ishga tushib ketdi. Ammo Sabribey bir joyda tek turmay, paytavasiga qurt tushgan odamday nari borib, beri keladi. Shuning uchun orqasidagi qog'ozda bor narsani ko'chirib olish xiyla mushkul bo'ldi. Buning ham yoiini topdik, birortamiz uni gapga chalg'itib turamiz-da, boshqalar ko'chirib oladi. Mening ishim yurishmay qoldi — endi ko'chira boshlaganimda qimirlab qoladi. Oxiri uyoq-buyoqqa jilpanglab, Sabribeyda shubha tug'dirdim. Meni qo'lga tushirmoqchi bo'ldi shekilli, tepamga kelib, hech narsa bilmagan kishiday orqasini o'girib turaverdi. Men ham boplab ko'chirib oldim. Ishini bitirganlar qog'ozini topshirib, birin-ketin chiqib ketishdi. Qo'ng'iroq chalingach, qolganlar ham sinfdan chiqishdi. Buni qarangki, Sabribeyning orqasidagi shpargalkani olib qo'yish hech qaysimizning esimizga kelmabdi. Sabribey yozma ishlarni yig'ishtirib olgach, orqasidagi qog'ozni likillatib to'g'ri o'qituvchilar xonasiga kirib ketdi. Xullas, aybdor topilmabdi. Sabribey yumshoq ko'ngil odam ekan, ko'p yalinishganidan keyin bolalardan yangidan imtihon olibdi. — Usmon qassob esingda bormi? Uniyam boplab qo'lga tushirgan edik-a? — dedi ulfatlardan yana biri. Usmon qassob deganlari tarix o'qituvchisi ekan. Bu odam, aksincha, bir joyda qimir etmay o'tirarkan-u, ammo ko'zi xuddi o'tkir projektorga o'xsharkan. Hamma narsani shundoqqina ko'rib turarkan. Shuning uchun imtihon bo'lib qolsa, oldingi qatorda o'tirgan bolalar nuqul past baho olisharkan. Orqada o'tirganlarning ishi durust bo’larkan: ular oldingi qatorda o'tirgan bolalarning orqasiga kitobni qo'yib, bemalol ko'chirib olishaverarkan.. Navbat dadamga keldi. — Nofis quruqning imtihoni yodingizdami? — Ha, anavi pashsha voqeasimi? Unutib bo'ladimi uni... Ma'lum bo'lishicha, Nofiz quruq deganlari kimyodan dars berarkan. Ko'zi ojiz bo'lgani uchun uzoqni yaxshi ko'rolmas ekan. Bir kuni imtihonlardan oldin o'quvchilardan biri katta-katta pashshadan tutib, qutichaga joylab olibdi. Imtihon boshlanibdi. Haligi bola yupqa qog'ozdan shpargalka tayyorlapti, keyin uni ingichka ip bilan pashshaning oyog'iga bog'lab, uchiraveripti. Ma'lumki, yuki bor pashsha uzoqqa ucholmaydi, bir ko'tarilib, bir qo'nadi. Bolalar pashshani tutib, shpargalkani ko'chirib olishar, keyin esa boshqa tomonga uchirib yuborisharkan. Hammalari shunday qilishibdi. Bir payt to'satdan eshik ochilib sinfga litsey direktori kirib kelibdi. Tasodifni qaraki, oyog'iga shpargalka bogiangan bir pashsha ikki marta havoda gir aylanibdi-da, to'g'ri borib direktorning tepakaliga qo'nibdi. — Sizlarga hech narsa bo'lmadimi o'shanda? — so'radi Metin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling