Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc
Download 437.9 Kb. Pdf ko'rish
|
G\'aroyib bolalar
www.ziyouz.com кутубхонаси
65 Murod boshqa kitobni olib shipillatib yoza ketdi. Saldan keyin Turkon ikkovi ishni topshirib chiqib ketishdi. Orqalaridan men chiqdim. — Menikida elliginchi bet umuman yo'q ekan, — deb qoldi bir payt Murod. — Nega endi? Albatta bo'lishi kerak, — dedim hayron bo'lib. — Yo'q, xudo haqqi. Qirq sakkizdan oltmish to'rtgacha ko'rinmadi. Keyin kitobni ko'rsatdi. Gapi to'g'ri chiqdi. Aytgan betlari chindan ham yo'q edi. Buning evaziga oldingi bobdan ikkita berilibdi. Harholda kitobni muqovalash paytida xato ketgan ko'rinadi. — Xo'sh, keyin nima qilding? — Qirq sakkizdan uyog'ini ko'chiraverdim. Tavakkalda. Ertasiga o'qituvchi yozma ishlarimizning natijasini o'qib berdi. Turkon bilan menga a'lo qo'yibdi. — Endi men sizlarga sinfdoshingiz Murodning yozma ishini o'qib bermoqchiman, — dedi u kutilmaganda. — Mana, eshitinglar, Birinchi savol: «Bolani kasaldan saqlash uchun nima qilmoq kerak?» Javob: «Tez eskirmasligi, bejirim va ozoda bo'lishi uchun ularni ehtiyot qilish, vaqti-vaqti bilan dazmollab turish kerak». Hamma sharaqlab kulib yubordi. — Jim bo'linglar! Endi ikkinchi savolga o'taman. «Kasalning oldini olish uchun bolaning o'zi nima qilmog'i kerak?» Mana, Murodning yozgan javobi: «Uni tez-tez cho'tkalab turish kerak. Changini qoqib bo’lgach, qoziqqa ilib qo'ying. Mavsumi o'tgandan keyin esa bo'xchaga tugib, sandiqqa solib qo'yish kerak. Mabodo u qattiq kirlangan bo'lsa, qaynoq suvga solib, sovun bilan ishqalab yuvish, keyin oftobda yoyib quritish lozim». Kulaverib bolalarning ichagi uzilayozdi. Murodning sha'niga har xil kesatiq gaplar yog'ilib ketdi. Boyoqish qattiq o'sal bo’ldi. — Axir bu gaplarni men o'zim to'qiganim yo'q, kitobdan olib yozdim-ku, — dedi u oxiri yigiamsirab. — Ha, balli, kitobdan ko'chirgansan, bilaman, — dedi o'qituvchi. — Ammo shunda ham yanglishibsan. «Bola tarbiyasi» o'rniga «Kiyim-boshga qarash» degan bobni ko'chiribsan. — Zaynab menga shundoq degan edi. O'qituvchi yalt etib menga qaradi. — Iya, Zaynab, o'rtog'ingga ko'chirmachilikni o'rgatganing yetmaganidek, yana aldaysanmi ham? Endi orqaga chekinib bo’lmaydi. Shuning uchun: — Men hecham aldaganim yo'q, afandim, — dedim. — Savollarga kitobning qaysi betidan javob topish mumkinligini aytib berdim, xolos. O'qituvchimiz Murodning kitobini ochib ko'rgan edi, masala ravshan bo'ldi. — Baribir buni oyingga aytib bermasam bo'lmaydi, — deb o'qituvchi menga po'pisa qildi. Oyimni maktabga chaqirib, nima yomonlik qilganimni aytishdi. Kechqurun uyda toza dashnom eshitdim. Dadam: — Juda noma'qul ish qilibsan, qizim, chakki bo'pti, — deb koyib berdilar. Yaxshiyamki o'sha kuni buvam biznikida edi. Buvam jonimga ora kirdi. — Bo'ldi endi, bolamni ko'pam koyiyvermanglar, — dedim buvam yonimni olib. — O'rtog'iga aytib bergan bo'lsa nima qipti, osmon uzilib yerga tushibdimi? O'zi kitobdan ko'chirib olmapti-ku, axir. — Birovga aytib berdi nima-yu, ko'chirib oldi nima, ikkoviyam bir go'r, — dedi oyim hovuridan tushmay. — Bas endi, bo'ldi... Maktabda bu ishni kim qil-magan deysan... Metin luqma tashladi: — Lekin hammayam qoiga tushavermaydi-da. Ilojim qancha, bo'lar ish bo'ldi endi. Shundoq bo'lsayam o'rinsiz ta'nalar eshitib, dilim xufton bo'ldi. Ayniqsa, Metinning gap-so'zi oshib tushdi. Ikki gapning birida nuqul: «Chakki bo'pti-da. Buni eplagan odam qiladi. Qo'lga tushib, sharmanda bo'lishning nima keragi bor!» deb piching qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling