Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc
Download 437.9 Kb. Pdf ko'rish
|
G\'aroyib bolalar
www.ziyouz.com кутубхонаси
62 payqadim. Mehmon dadamga bir nima deb turgan edi, shartta gaplarini bo'ldim. — Afandim, rahmat, afandim. Mehmon o'rinsiz tashakkurning sababini tushu-nolmadi. Biroz o'ylanib turganch: «Arzimaydi», deb qo'ydi. Fato'shning antiqa ishlari haqida senga oldin ham yozgan edim. O'sha kuni u yana hunar ko'rsatdi. Ovqatdan keyin oyim dasturxonni yig'ishtirib olayotgan edi, bir dona banan yerga tushib ketdi. Fato'sh darrov uni yerdan olib stolga qo'ydi. — Yerga tushgan narsani hozir yeb bo'lmaydi-a, oyi? — dedi u oyimga qarab. — Mehmon ketgandan keyin o'zim yeyman. Fato'shning bema'ni gapini eshittirmaslik uchunmi yoki uning tilini tiyib qo'ymoqchi bo'libmi, harholda dadam ikki-uch marta qattiq yo'talib qo'ydi. — Mehmonning oldida yo'talganda og'izga qo'l tutib turish kerak, dada, — dedi Fato'sh yana bilag'onlik qilib. — Ha, Fato'sh! Nima deyapsan o'zing? — arang jilmaydi dadam. Singlim yana aql o'rgatdi. — Uyga mehmon kelganda «ha» deb bo’lmaydi, dada. Ayb bo'ladi. Mehmon o'rnidan turdi. Dadam bilan oyim uni mashinasigacha kuzatib chiqishdi. U jo'nab ketgach, uyga qaytib kirishdi. — Uh, meni sharmanda qildilaring! — dedi dadam xunobi oshib. — Men senlarga tayinlab aytgan edim-ku, axir!— unga qo'shildi oyim. Fato'sh hayron bo’ldi. — Axir men mehmonning oldida nonni butunicha yemadim-ku? O'sha kuni kechgacha o'zimizni qo'yarga joy topolmay yurdik. Zaynab, xat bilan senga bir rasm ham yuboryapman. Butun sinf bilan tushganmiz. Sendan keyin kelgan yangi o'qituvchi ham shu yerda bor. Senga katta muvaffaqiyatlar tilayman. Ahmad Tarbay. Yomon odat Anqara, 16-fevral, 1964-yil. Qadrdon do'stim Ahmad! Xatga qo'shib yuborgan rasmingni oldim. Qanchalik suyunganimni bilsang edi! Sinfdosh o'rtoqlarimning hammasini yana bir ko'rganday bo'ldim. Suratda yoningda turgan qiz Mine bo'lsa kerak. Husayn uni to'sib olibdi, zo'rg'a tanidim. Yashar bo'lsa Chingizning odatini qilib, eng oldinga o'tib olibdi. Shu suratni yuborb, zap ish qilibsan-da. Juda xursand bo'ldim. Ammo rasmdan Damirni topolmadim. Harholda suratga tushmagan bo'lsa kerak, yangi o'qituvchingiz ancha yoshga borib qolgan odam ekan, ko'rinib turibdi. Men ham senga rasm yuboryapman. Ukam bilan birga tushganmiz. Qo'shni bola o'zining apparatida olgan edi. Mana shu hafta men uchun og'ir keldi — quruq tuhmatga qoldim. Hech qanday asos bo'lmagan holda badnom bo'ldim. Aslida-ku, mendan ham o'tgan joyi bor-a, lekin... Voqeani bir boshdan gapirib beray. Mana, eshit. O'qituvchimiz birovdan yozma ishni ko'chirib olgan yoki shpargalka ishlatgan bolalarni juda yomon ko'radi. Ko'chirmachilik — yaxshi o'qiyotgan o'rtoqqa nisbatan xiyonatdir, deydi nuqul. Esi butun odam bu ishni qilmasligi kerak, ko'chirmachilik mug'ambirlarga xos narsa ekan. Dadamning ham fikri shu. Birovdan ko'chirib yozish yomon odat, bu bilan o'qituvchini emas, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling