Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc
Download 437.9 Kb. Pdf ko'rish
|
G\'aroyib bolalar
www.ziyouz.com кутубхонаси
73 bolaginam!» deb o'zini menga tashladi. Birpas quchoqlashib turdik. Keyin bir-birimizni bo'shatdik. Yuziga qarasam, bittayam soqol-mo'ylovi qolmapti. Hayron bo'lib o'zimnikina paypaslayman. Ana xolos. Mendan soqol o'sib chiqibdi. Boya bir-birimiz bilan achomlashib turganimizda Damirning ivib ketgan soqoli menga o'tib qolgan ekan-da... Birpasda o'g'lidan otaga aylanib qoldim. Hozir otaning yerga yiqilib, jon beradigan payti. Lekin Damirning hech oiadigan turqi yo'q. — Bo'l endi, Damir, o'ladigan bo'lsang tezroq o'lmaysanmi, — pichirlab dedim unga. — Soqol senga o'tdi-ku, endi qaysi birimiz oiishimiz kerak? — Axir sen otasan, albatta o'lishing kerak. Yerga ot o'zingni! — Damirning bo'lsa o'zini tashlagani hecham yuragi betlamaydi. — Namuncha imillaysan? Bo'l tez! — Yiqil desang yiqilaveraman-u, ammo direktorning ko'zoynagi nima bo'ladi? Tag'in sinib qolsa- ya? — dedi u oldimga kelib. — E, gapni cho'zma, tez boi. Spektakl tugashi kerak. Sharmanda bo'ldik. — Men gunohingdan o'tdim. Endi parvardigorga iltijo qil, seni kechirsin. Damir shu gapni aytdi-da, ko'zoynakni bemalol stolga olib qo'ydi. Keyin: «Endi men o'lyapman!» deganicha gup etib yerga ag'darildi. Men uning ustiga o'zimni tashladim. Darhol pardani yopishdi. Ammo ikkovimiz juda oldinga chiqib ketgan ekanmiz, yarim belimiz pardadan tashqarida qoldi. Zal kulgi va qarsak zarbidan larzaga keldi. — Bunday ahvolda yotaversak bo'lmaydi, qani, turamiz endi, — deb Damirga pichirladim. — O'lgan odam qanaqa qilib turadi? Xohlasang, o'zing tur, men yotishim kerak. Allakim oyog'imizdan sudrab, parda ichiga oldi. O'rnimizdan turib ko'rsak, o'qituvchimiz ekan. — Rasvo bo'ldik, Ahmad, endi toza gap eshitamiz, — dedi sekingina Damir. Yurak o'ynog'ida sahna ortiga o'tdik. Direktor bilan o'qituvchilar huzur qilib ko'zyoshlarini artib turishgan ekan. Xullas, 23-apreldagi konsertni boplab tashladik. Hamma Damirga qoyil qoldi. Hali-hali Damir zo'r iste'dod egasi ekan, deb yurishibdi. Bu gapning tagida jon bor. Zotan u o'qituvchimizning tragediyasini ajoy-ib komediyaga aylantirib berdi. Shu kunlarda Istanbulning havosi juda ajoyib. Kanikul kunlari Istanbulda diydor ko'rishguncha xayr. Omon bo'l. Ahmad Tarbay. Download 437.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling