Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc


Bolalar romani uchun konkurs


Download 437.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet74/75
Sana01.10.2023
Hajmi437.9 Kb.
#1690390
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
Bog'liq
G\'aroyib bolalar

 
Bolalar romani uchun konkurs 
 
Istanbul, 25-aprel, 1964-yil.
Qadrdonim Zaynab! 
Kuni kecha senga xat jo'natgan edim, mana bugun esa yana yozyapman. Rosa hayron bo'lsang 
kerak. Ketma-ket yozishimning sababi bor — bir narsaga sen qandoq qaraysan, shuni bilmoqchiman. 
Agar mening fikrim senga ma'qul tushsa, bir ish qilamiz. 
Yaqinda bir gap eshitib qoldim. Bolalar romani uchun konkurs e'lon qilinganmish. Shuni eshitdim-
u, lop etib miyamga bir fikr keldi. Bir-birimizga yozgan xatlarimizni tartib bilan to'plab chiqsak, 
shuning o'zi roman bo'lmaydimi? Men hamma xatlaringni yig'ib yuribman. Sen ham mendan olgan 
xatlaringni tartibga solib, papkaga joylab qo'yganingni bilaman. Buni o'zing aytgan eding. 
Xo'sh, bunga nima deysan? Senga ma'qulmi shu gap? Agar konkursga qatnashishga rozi bo'lsang, 
jami-ki xatlarni bir konvertga solib, aviapochta orqali tezda menga yubor. Ikkovimiz sherik bo'lib 
qatnashamiz. 
Agar sen shu taklifimga qo'shilmaydigan bo'lsang, u holda menga darhol xabar qil. Yana bir 
iltimosim bor. Taklifni ma'qul topsang, bu haqda hozircha hech kimga gapirmay tur. Konkursda yutib 
chiqsak, uyi-mizdagilarga bu sovg'a bo’ladi. Bordi-yu, omadimiz kelmasa, u holda yopig'lik qozon 


G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
74
yopig'lig'icha qola-veradi. Hech kim buni yuzimizga sololmaydi. 
Javobingni kutaman. 
Hurmat ila sinfdoshing: 
Ahmad Tarbay.
 
Marra seniki 
 
Anqara, 27-aprel, 1964-yil.
Aziz do'stim Ahmad! 
Hozirgina xatingni oldim. Darhol javobga o'tirdim. Bo'lishim bilanoq hamma xatlaringni senga 
banderol qilib jo'nataman. 
Sen konkursga qatnashaylik, deb yozibsan. Rozi-man. Ko'nglingga kelmasin-u, lekin bundan bir 
ish chiqishiga ko'zim yetmay turibdi. Sababini aytaymi? Gap shundaki, biz o'z maktublarimizda katta 
odamlarni, ota-onalarimiz va o'qituvchilarimizni bir g'alvirdan o'tkazib ko'rdik. Endi buyog'ini 
so'rasang, konkursga kelgan romanlarni o'qib, hukm chiqaradigan ham shularning o'zi. O'zlari haqida 
yozilgan romanga bular ijobiy baho berishiga aslo ishonmay-man. «Rosa beadab bolalar ekan», deb 
bizga o'cha-kishib qolishlari ham mumkin. Qolaversa, romanni konkursga yuborayotganingda ism va 
adreslarimizni yozsang, yana baloga qolamiz. Shuning uchun ismlarimizni o'zgartirib, xatlarning ostiga 
bittadan taxal-lus qo'ygan ma'qul. Meniki Zaynab bo'lsin. Sen ham birorta ism topib qo'y. 
Men bu bilan konkursga qatnashmaylik, demoqchi emasman. Bir-birimizga yozgan xatlarimizni 
to'pla-sak, bitta roman bo'lishiga imonim komil. Mayli, bularni konkursga jo'nat. G'olib chiqmasak, 
o'zimizga tan. Biz hech narsa yo'qotmaymiz. 
Bundan ikki-uch kun oldin ba'zi xatlaringni yana bir o'qib ko'rgandim. Bilishimcha, kattalarni 
kuzatish bobida biz xiyla chegaradan chiqib ketibmiz. Xatlaringda nimalarni yozmagan ekansan... 
Ehtimol, meniki ham shundaydir. Shu xatlarimiz yaxlit bir holga kelsa, qalampirday achchiq haqiqat 
oshkor bo'ladi. Ochig'i, ko'rgan va eshitgan narsalarimizni ba'zan oshirib ham yuborgan ekanmiz... 
Konkursning jyuri a'zolari katta yoshdagi odamlardan emas, balki bolalardan iborat bo'lganida biz 
biror mukofotga ilinib qolardik, deb o'ylayman. Ammo shunday bo'lsa ham, bizning bir yutuq 
tomonimiz bor. Men bolalar uchun yozilgan ba'zi romanlarni beixtiyor eslab qoldim. Hammasida o'sha 
siyqa gaplar: qishloqda tug'ilgan qashshoq bola qiynalib o'qiydi, sayohatga chiqqan bolalar ajobtovur 
savdolarga qoladi yoki kambag'al oilaning farzandi bemor yotgan onasiga qarashish uchun ishga kirib 
ketadi. Xullas, pand-u nasihat bilan tugaydigan kitoblar. Bizniki esa bularga sira o'xshamaydi. 
Mabodo konkursda yutib chiqmasak ham, senga buning hech ahamiyati yo'q. Baribir birinchi 
o'rinni olgan bo'lasan: zotan, sen ham ota bo'lganingda hammaga o'xshab farzandlaringga shu gapni 
aytasan (iltimos qilaman, loaqal shu oxirgi xatimni konkursga yubora ko'rma). 
Senga tasalli berib o'tirmayman. Roman uchun mukofot olmasak, ko'pam qayg'urib yurma. Katta 
bo'lsam yozuvchi bo'laman, deb yurarding. Xatlarni o'shanda bir kitob qilib chiqararsan. 
Senga chin yurakdan omad tilayman. Mendan hamma o'rtoqlarga salom. 
Zaynab Yolqir.

Download 437.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling