Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc


Download 437.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet72/75
Sana01.10.2023
Hajmi437.9 Kb.
#1690390
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
Bog'liq
G\'aroyib bolalar

www.ziyouz.com кутубхонаси 
72
— Hoy oqpadar deyman... 
— Bu tomondamiz, ota, bizga qarab qo'y.
Damir farosatli bola emasmi, darhol vaziyatni tushundi. 
— Betingni ko'rgani ko'zim yo'q, oqpadar. Men otang bo'laman. Kerak bo'lsa menga o'zing qara! 
Pyesadan tamoman chetga chiqib ketdik. 
— Kimga qarab gapiryapsan, ota, axir men orqangda turibman-ku... 
— Harholda senga emas. Toqatim yo'q sen bilan gaplashgani... 
— Bo'lmasa devorga gap uqtiryapsanmi? 
— Sendan ko'ra shu devor ma'qul. Gapirsang, tushunadi. 
— Sening o'rningga tosh tug'sam bo'lmasmidi, 
kunimga yarardi, evoh, — deb yerda ingrab yotgan Mine ham jon berdi. 
Damir olamdan o'tgan Mineni bag'riga bosib, ho'ng-ho'ng yig'lashi kerak. 
— Qanisan, xotinjon, qayoqda qolding, jabrdiydam! — deganicha u o'zini yerga otib, Mineni 
timirskilab qidira boshladi. 
Mine yotgan joyida unga qarab talpindi. 
— Bu yerdaman, men o'ldim. 
— Mana endi birga bo'linglar! — deb Damirni yoqasidan oldim-da, Minening ustiga uloqtirdim. 
Shu bilan ikkinchi parda ham tugadi. Parda tushirilgach, o'qituvchimiz Damirni qattiq koyib berdi. 
— Ko'zoynakda ko'rmayotgan bo'lsam, nima qilay axir, — dedi u ham o'zini oqlab. 
Oxirgi pardada Damirni ko'zoynaksiz chiqarmoq-chi bo'lishdi-yu, lekin shu paytgacha ko'zoynakda 
yurgan chol o'limi oldidan birdan uni tashlasa, qiziq tuyuladi, degan andishada bu fikrdan voz 
kechishdi. 
— Ko'zoynakni taqqin-u, lekin oynagining ustidan qara, — maslahat berdi direktor. 
Damir direktorning maslahatiga amal qilgani uchun uchinchi parda ancha silliq o'tdi. Ammo oldingi 
sahnalarda tomoshabinlarning kulgi patini qitiqlab qo'ygan ekanmiz, to'g'ri gapgayam qiyqiriq 
ko'tarishadi. Yig'lash kerak bo'lgan joyda ham nuqul kulgi qilishadi. 
Uchinchi pardada men qamoqdan bo'shab, uyga kelaman. Endi o'z qilmishlaridan pushaymon 
bo'lgan o'g'ilman. Otamga yalinib, meni kechirishini so'rayman. Zaldagilarga qolsa, shu ham kulgi. 
Buning nimasi kulgi ekan, hayronman. 
Kechirim so'rab, otamning qo’lini o'pishim kerak. Endi o'pmoqchi bo'lib engashgan edim, bundoq 
qarasam, mo'ylovimning bir tomoni yerda yotibdi. Yarimta mo'ylov bilan boshni qandoq ko'taraman?! 
Darrov buyog'ini kelishtirib yubordim. 
— Oyog'ingizga bosh qo'yib yalinaman, otajon! — deb Damirning oyog'i ostiga o'zimni otdim. 
Ayni paytning o'zida yerda mo'ylovga chang sol-dim. Darrov labning tepasiga qo'ndirdim. Ammo 
falokat degan narsa yolg'iz yurmas ekan. Mo'ylovning chap bo'lagi tushgan ekan-u, uni o'ng tomonga 
yopishtiribman. Ikkovi ustma-ust bo'lib qoldi. Damir buni sezgan ekan, «chapga ol uni», deb 
shivirladi. Harakat qilib ko'rdim, bo'lmadi. Oxiri mo'ylovini burayotgan kishidek qilib chap qo'lni bo'sh 
joyda ushlab turaverdim. 
— Men seni kechirdim, o'g'lim, — dedi otam nihoyat. 
Men bo’lsam unga mo'ylov qilaman. Lekin buning ham cheki bo’lishi kerak-da! Qachongacha 
otamga qarab mo'ylov burayman?! 
— Agar gunohimdan o'tmaganingda shu mo'ylovni mana bundoq qilib yulib tashlamoqchi edim, 
otajon! — deya solib mo'ylovni shartta olib, oyog'imning ostiga tashladim. 
— Nima qilib qo'yding, bolaginam? 
— Sendan aylansin shu mo'ylov, otajon! Gunohim katta, uni yuvishga bu ham yetmaydi. 
Spektakl oxirlab qoldi. Endi otam ho'ng-ho'ng yigiab meni bag'riga bosishi va «gunohingdan 
o'tdim, o'g'lim. Endi parvardigorga iltijo qil, seni o'zi kechirsin», deb turib, jonini taslim qilishi kerak. 
Damir ho'ngrab yig'lab yubordi. Razm solib qarasam, rostakamiga yig'layapti. Spektakldan keyin 
aytishiga qaraganda, yuragi ezilib ketgan ekan. Xullas, yuz-ko'zi chaplashib, paxta ivib ketdi. «Voy, 


G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin 

Download 437.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling