Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc


Download 437.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet57/75
Sana01.10.2023
Hajmi437.9 Kb.
#1690390
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   75
Bog'liq
G\'aroyib bolalar

www.ziyouz.com кутубхонаси 
57
ko'chirib olgan edim. Mana: «Mabodo eshak odamga o'xshab gapirsa va odam bolasi lining o'rniga 
yuk tashisa, buni normal hoi deb bo'lmaydi... Vaholanki, ba'zi kishilar, «falonchining eshagi tilga 
kirganmish», deb karnay chalib yurishadi. Odam bolasi gapiradi, eshak yuk tashiydi. Buning hech 
ajablanadigan joyi yo'q». 
— Xo'sh, buni menga nimaga o'qib beryapsan? 
— Aytmoqchi bo'lgan gapim shuki, yosh bola kattaning ishini qilmasligi kerak. Bola bolaligicha 
qolgani ma'qul. 
— Ko'p valdirama! 
Xullas, zukkolar musobaqasi ham sen aytgan majlisdan qolishmadi. Toza miriqib kuldik. 
Xatingni kutaman. Omon bo'l, do'stim. 
Ahmad Tarbay.
 
Labbay, jonim! 
 
Anqara, 3-fevral, 1964-yil.
Ahmad! 
30-yanvarda yuborgan xatingni oldim. Katta rahmat. Naq kanikul boshlangan kuni qo'limga tegdi. 
Kulaverib, ko'zimda yosh qolmadi. 
Bizning oilada aqlda tanho bo'ladi, deb dastlab opamga rosa umid bog'lab yurishdi. Ammo shirin 
orzular sarob bo'lib chiqqanidan keyin uydagilar qo'lni yuvib qo'ltiqqa urishdi. Kattasidan chiqmagan, 
kichigidan chiqadimi, degan andisha bilan Metin ikkovimizdan butunlay umidlarini uzishdi. 
Opam baland dorga osilib yurgan paytlar hali-hali esimda. Men u mahalda juda yosh edim
o'qishga bormasdim. Dadam har kuni ishdan qaytgach, opam bilan fransuzchadan mashq qilardi. 
Opamning fransuzcha bir she'rni hecham yodlolmay, ikki-uch haftagacha qiynalib yurganlari shundoq 
esimda turibdi. Men ularning oldida o'tirardim. She'r qayta-qayta o'qilaverganidan menga yod bo'lib 
ketgan edi. Mana, oradan qancha yil o'tdi, lekin o'sha she'r hamon qulog'imda jaranglaydi. Ma'nosini 
bilmasam ham, so'zlari dilimga jo bo'lib ketgan. Bu she'rni yodlatish uchun dadam rosa ter to'kkan 
edi. Dadamning mehnati zoye ketgani yo'q — mendan bo'lak uni oyim bilan oqsoch xotin ham 
binoyidek yodlab olishdi. 
Dadamning bir o'rtog'i bo'lardi. Yevropada o'qigan ekan. O'sha odam bir kuni dadamga: 
— Chet tilni o'rganish uchun alohida qobiliyat kerak. Fransuz tilini o'rgataman deb bolani bekorga 
qiynama, qo'y bu ishni, — deb maslahat beribdi. — Men Parijda bo'lganman. Binobarin, parijda ming 
yil tursayam fransuzchani o'rganolmagan odamlarni ko'p ko'rganman. Ularning umri qahvaxonada 
o'tardi. Oqibatda ular fransuzchani emas, balki ofitsiantlar turkchani o'rganib olishardi. Ayrim 
kishilarda chet tilga layoqat bo'lmaydi, lekin ular o'z tillarini boshqalarga o'rgatishga usta bo'ladilar. 
Ehtimol, sening qizing ham shular jumlasidandir... Har qanday bolada biror narsaga qobiliyat bo'ladi. 
Lekin u bolaning ich-ichida yashirinib yotadi. Shunga ko'ra bolada yashi-rinib yotgan mana shu 
haqiqiy qobiliyatni seza bilish, uni yuzaga chiqarish, qolaversa, har tomonlama kamol toptirish kerak 
bo'ladi. 
Shu gapdan keyin dadam opamdagi ichki qobiliyatni yuzaga chiqarish maqsadida uyga o'qituvchi 
yollab, unga skripkadan dars uyushtirib berdi. Ammo opamdagi yashirin qobiliyatning skripkaga 
sirayam aloqasi yo'q ekan. 
— Bu qizning qulog'i juda og'ir ekan, — debdi bir kuni o'qituvchi. — Hatto meniyam ishdan 
chiqarib qo'ydi. Unga dars bera boshlaganimdan buyon «do»ni «si»dan ajratolmay qoldim. Eshikning 
g'ijirlashi menga skripka chalgandek bo'lib tuyulyapti. 
Chindan ham opam ovozni yaxshi ajratolmaydi. Oshxonada stakan sinsa, birov keldimi, deb 
eshikka yuguradi. Maktabda o'qib yurganidayoq muallimi unga: 
— Hamma ashula aytayotganida sen tek tur, qizim. Boshqalarni ham yanglishtirib yuboryapsan, 


G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin 

Download 437.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling