Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc


Download 437.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet54/75
Sana01.10.2023
Hajmi437.9 Kb.
#1690390
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   75
Bog'liq
G\'aroyib bolalar

www.ziyouz.com кутубхонаси 
54
— Qani, qani, nimasi ajoyib edi? — qiziqib so'radi kichik amakim. 
Injenerning o'g'li ham shu yerda. Otasi gapiryapti-yu, men unga razm solaman: turqi sovuq
so'tak bir bola, xolos. 
Toriqni onasi chaqirib qoldi. Uning uch-to'rt marta ovozi eshitilgan bo'lsayam, Toriq miq etmay 
o'tiraverdi. Oxiri derazani ochib o'shqirdi: 
— Ha! Nima deysan? 
Ota-onalar o'z farzandlari nimalarga qodir ekanini bir ko'rsatib qo'yishmoqchi edi. Hamma shu 
fursatni sabrsizlik bilan kutardi. Oxiri katta amakining sabri chidamadi. U besh yashar qizini imlab 
chaqirdi. 
— Qani, qizim, amakilaringga ashula aytib berchi. Maza qilib bir eshitsin. 
Qizcha jilpanglab, noz qildi. 
— E-e... 
— Bo'la qol, oppoq qizim. 
— Aytgim kelmayapti. 
— Aka-singilning muzikaga juda ixlosi baland, — qistirib o'tdi kelin oyim. — Kuyni darrov ilib 
olishadi. Pianino chalganda qo'llari biram kelishib turadiki. Pianino bo'lganda o'g'lim boshlab 
menzurka chalib berardi-ya. 
— Menzurka emas, mazurka, xonim, — dedi amakim uni tuzatmoqchi bo'lib. 
— 
Menzurkami, manzurkami — hammasi bir go'r emasmi... Yoshligimda men ham muzika 
shaydosi edim, ikkovi menga tortgan. 
Qizlarini yana qistab ketishdi. 
— Bo'l endi, qizim. Aytmasang hay olib bermayman. 
— Obermasangiz obermang. Navbat poraga keldi. 
— Ashula aytib bersang, bitta shokolad beraman. 
— Nimani aytay? 
— «Beyo'g'lining qizlari»ni. 
Amakim tunuka choynakni olib, qopqog'ini tiqillatdi. Kelinoyim barmoq shiqillatdi. Nihoyat, 
chiyillagan bir ovoz eshitildi. Qo'shiq boshlandi. 
«Bey o'g'lining qizlari, yor-ey,
Bey o’g'lining qizlari, yor-ey,
Suzilib turar ko'zlari, yor-ey...»
Qiz dam-badam to'xtab qoladi. Onasi uyog'ini ulab yuboradi. Shundagina nimjon ovoz quloqqa 
chalinadi. 
Qo'shiq tugagach, hamma chapak chaldi. Kelinoyim injenerning xotinidan uzr so'ragan bo'ldi: 
Bugun tobi qochib turibdi, xolasi, ovozi ning mazasi yo'q. 
— Juda binoyidek ovozlari bor ekan, ko'z tegmasin, — dedi u e'tiroz bildirib. 
Kichik amakim navbatni o'g'liga olib bermoqchi bo'ldi. 
— Qani, o'g'lim, sen endi she'r o'qib ber-chi. Bola bir burchakka biqinib oldi. 
— Iya, iya, o'g'lim, bo'la qol endi. 
Bolani toza qistashdi, yalinib-yolvorishdi hamki, hoimadi. Amakimning jahli qo'zg'adi: 
— Aytavermaysanmi, shumtaka, nega injiqlik qilasan? 
O'g'li yig'lab yubordi. Keyin yig'lab-siqtab zo'rg'a she'rni boshladi. Oyisi bilan dadasi unga qarashib 
turdi. Bola bitta so'z aytganidan so'ng keyingisi esidan chiqib qolar ekan. Amakim bilan kelinoyim 
dalda berishadi yoki so'zlarni aytib turishadi. 
— Mushukcham... Mushukcham... Mushukcham... 
— Xo'sh, xo'sh, uyog'iniyam ayt-chi, — qistaydi uni amakim. 
— Mushukcham... Mushukcham... 
Kelinoyim hayron. 
— Bugun senga bir narsa bo'ldimi o'zi, o'g'lim? Bolaginamga ko'z tekkanga o'xshaydi... 


G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin 

Download 437.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling