Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc
Download 437.9 Kb. Pdf ko'rish
|
G\'aroyib bolalar
www.ziyouz.com кутубхонаси
52 Ochig'ini aytsam, shu kuni rosa xumordan chiqdim. Qani endi shunaqa majlislar tez-tez bo’lib tursa. Sizlarda ham majlis bo'lib qolsa, bir ilojini qilib albatta kir. Gaplarni eshit. Majlisga oyim borgan edi. Uyga qaytgach, oyimdan: «Siz ham nimaga so'zga chiqmadingiz?» — deb so'radim. — Navbat tegdimi o'zi menga? Hammasi og'ziga kelganini vaysaydi. — Aytadigan gapingiz bormidi? — Nega bo'lmas ekan? Nima, menda lab-dahan yo'qmi?! Biror nimani topib gapirardim. Gal berishmasa nima qilay? Mana, Ahmad, xatim yana cho'zilib ketdi. Seniki holva ekan. Minega aytib qo'y, haligacha undan javob olganim yo'q. Senga muvaffaqiyat tilab: Zaynab Yolqir. Zukkolar musobaqasi Istanbul, 30-yanvar, 1964-yil. Zaynab! Xatingni oldim. Sen hikoya qilib bergan majlis xuddi kinolentaga o'xshab ko'z o'ngimda jonlanib ketdi. Dadam ota-onalar majlisiga hecham bormaydi. Ba'zi kunlari ishi ko'payib ketsa, yarim kechada qaytadi. Dadam faqat yakshanba kuni biz bilan birga bo'ladi. Butun ro'zg'or tashvishi onamning yelkasida. Majlisga borishga, ochig'i, qoii tegmaydi. Senga aytadigan bir xushxabarim bor — zukkolar musobaqasida uloqni bizning donishmand ilib ketdi. Gapimga tushunmagan bo'lsang kerak. Donishmand kim, bilasanmi? Singlim Fato'sh. O'tgan yak- shanba kuni oltita zukko bola o'zaro musobaqa o'tkazishdi. To'g'rirog'i, ularni bir-biriga kattalar cho'qishtirdi. Shu musobaqada birinchi o'rinni o'zimizning Fato'sh oldi. Haloli ham shu. Mening ikkita amakim bor. Katta amakim bir o'g'il-u bir qiz, kichigi esa bir o'g'il ko'rgan. O'sha yakshanba kuni amakimlar uy ichi bilan biznikiga kelishdi. Dadam bir injener o'rtog'ini ham chaqirgan ekan. Keyin qo'shnimiz chiqdi. Bular ham arzandalarini olib kelishibdi. Xullas, uyimizda olti bola jam bo'ldi. Katta amakimning qiziq bir odati bor: kimni ko'rsa, shunga o'g'il-qizini maqtaydi, juda miyasi o'tkir, balo bola bo'lishgan, deb keriladi. Har gal ularning yangi-yangi qilmishlarini gapirib beradi. — Tunov kuni kichigi nima hunar ko'rsatdi deng? Og'zim ochilib qolibdi. Xudo haqqi, birov eshitsa ishonmaydi. Katta amakim nuqul gapni shundan boshlaydi. Kenjatoyning qilgan ishi shu bo'ptiki, amakim kechqurun uyga kelishi bilan yugurib borib shippagini olib kelibdi. — Mushtday bolaning shunga aqli yetganiga hayronman. Tavba, deb yoqamni ushlayman. Shippak kiyishimni bilganini qarang... Voy farosatingdan o'rgilay-ey... G'uj-g'uj miya ekan buning boshi. Shippakka farosati yetgan bu zukko bola necha voshda, bilasanmi? Ho'kizday bo'lib qolgan, Fato'shdan bir yosh katta. Injener gapni ilib ketdi. — Shu zamonning bolalari juda o'tkir bo'lib ketgan. Bizning qizcha ham shunday. Hali yettiga to'lgani yo'g'u fransuzchani bidirlab gapiradi. — Yopiray! Alomat-ku! — Balli, juda alomat qiz! Fransuzchani qotirib tashlaydi. Katta amakim gap oqimini yana o'g'liga burdi: — Kenjamiz juda o'tkir bo’lgan-da, ko'z tegmasin. Opasini bosib tushadi. Opasiyam lekin chakki emas. Ikkoviyam baloyi azim... Qaysi kuniyam uyga kechroq qaytgan edim, oyisi o'g'ilchadan nolib gapirdi. Hech so'zimga kirmayapti, katta bo'lib kuchim yetmay qoldi, ko'chadan beri kelmaydi, o'zing |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling