Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc


Download 437.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet56/75
Sana01.10.2023
Hajmi437.9 Kb.
#1690390
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   75
Bog'liq
G\'aroyib bolalar

www.ziyouz.com кутубхонаси 
56
— Ferm la port, — dedi to'satdan otasi. 
Qizi «voy» deganicha yugurib borib onasini betidan o'pdi. 
— «Ferm la port» — onangni o'p, degan gap emas, qizim. Senga aytgan narsa «bez la mer» 
bo'ladi. 
— Bolaning ham jinnisini chiqarasan, — dedi ona-si qizining yonini olib. 
— Bo'lmasa «ferm la port» deganda nima qilish kerak? 
— Ha, shuniyam bilmaysanmi, derazani och, degani-da! — Bilag'onlik qildi onasi. 
— Sen bizga xalaqit berma, xotin, — dedi injener uni bosib. — «Uvr la fnetr»ni aytyapsan sen. 
Ferm la port — eshikni yopib kel, degani! Xotiniyam bo'sh kelmadi. 
— Hech-da. Maktabda bizga shundoq deyishgan edi. 
Er-xotin tortishib ketishdi. 
— Fransuzcha bilaman deb kerilmay qo'yaqol. Biz ham o'qiganmiz fransuzchani. Istagan 
odamingdan borib so'ray qol. Ferm la port — derazani och degani, — dedi xotini yana gap bermay. 
— Men axir o'qishdan tashqari Fransiyada ham yashaganman-ku. 
— Voy, birga boruvdik-ku. Hov, esingdami, ikkovimiz bir kuni magazinga kiruvdik. Menga 
siynaband olib bermoqchi bo'luvding-ku! Esingga tushdimi? O'shanda sotuvchi qizga imo-ishora bilan 
tushuntirganingda ovbop to'rva ko'rsatuvdi-ya?! 
— Gaping qiziq bo’ldi-ku, jonim, — dedi norozi bo'lib injener. — Axir Fransiya bilan Germaniyani 
chalkashtirib yubording-ku. Bu voqea Germaniyada bo'lgan edi. Fransuzlarning o'zlari qoyil qolishadi-
ku, menga... 
Er-xotinning tortishuviga rassom qizning dadasi chek qo'ydi. 
— Surating bo'ldimi, qizim? — so'radi u qizidan. 
— Tamom bo'ldi. 
To'satdan qizning onasi chirqillab qoldi. 
— Voy, rasmlaring ordona qolgur... Yap-yangi ko'ylakni rasvo qilibdi-ku. 
Bundoq qarasak, mohir rassomimiz sirkdagi qi-ziqchilarga o'xshab hammayog'iga bo'yoq surib 
chiqibdi. 
— Barakalla, qizim, juda boplabsan, — dedi chorasiz qolgan ota. 
Zakiy bolani ko'rsa, dadam ayniqsa erib ketadi. Iste'dodini ko'rsatmagan bitta bizning Fato'sh 
qoldi. 
— 
Qizimdan ajoyib raqqosa chiqadi,— dedi dadam mehmonlarga qarab. Keyin singlimga o'girildi. 
— Qani, qizim, bir tvistga tushgin, bularning og'zi ochilib qolsin. 
Bir burchakka tiqilib olgan Fato'sh qimir etmadi. 
— Bo'l endi, oppoq qizim. 
Singlim boshini ko'tarmay, yerga qarab turaverdi. Uni o'yinga tortish uchun dadamning o'zi tvistni 
boshlab yubordi. Injener bilan xotiniyam davraga qo'shildi. 
— Qani yur, biz bilan o'yna, — deb rosa Fato'shni qistashdi. 
«Bor, o'ynab bera qol», deb oyim sekingina Fa-to'shning orqasidan itargan edi, singlim boyadan 
beri nega bo'zrayib turgani ma'lum bo'ldi. 
— Voy o'lmasam, ishni o'xshatib qo'yibdi-ku qizim!— deganicha oyim Fato'shni dast ko'tarib 
tashqariga olib chiqib ketdi. 
— Iya, bunaqa odati yo'q edi-ku, — hayron bo'ldi dadam. 
Injenerning xotini yupatgan bo'ldi: 
— Bola bolaligiga boradi-da, afandim. Mayli, hechqisi yo'q. 
— Ko'pchilikning salobati bosgandir... 
Zakiy bolalarning musobaqasi mana shunday yakunlandi. Bu musobaqada singlim Fato'sh g'olib 
chiqqaniga imonim komil. 
Mehmonlar tarqalishdi. Daftarimni olib, dadamning oldiga bordim. 
— Manavini eshiting, dada, juda qiziq gap ekan, — dedim daftarni ochib. — Bir kitobda ko'rib, 


G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin 

Download 437.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling