Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc
Download 437.9 Kb. Pdf ko'rish
|
G\'aroyib bolalar
G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin www.ziyouz.com кутубхонаси 12 Ishlagan — tishlaydi Anqara, 26-noyabr, 1963-yil. Do'stim Ahmad! Menga hamisha shunaqa uzundan uzoq xatlar yozaver. Xo'pmi? Uzundan uzoq deganimni ko'nglingga olma, aslida uni bir zumdayoq o'qib chiqdim. Sinfda bir-ikki bolaga ham o'qib bergan edim, toza miriqib kulishdi. Bu tomonlarda salqin tushib qoldi. Endi oldimizdagi maydonda o'ynamay qo'ydik. Maktabdan kelib, darslarimni tayyorlayman, oyimga qarashib yuboraman. Opamning bunaqa ishlarga hushi yo'q. Supurgini ko'rsa o'takasi yoriladi. Uning eng yaxshi ko'rg'an ishi — oshxonaga kirib olib, pirojniy yoki keks pishirish. Ammo opam oshxonaga kirsa, oyim yurak o'ynog'ida yuradi. Nega deganda, opam bir kun oshxonaga kirgudek bo'lsa, oyim bir haftagacha qiynaladi — hamma narsa ostin-ustin bo'lib ketgani uchun qo'ygan buyumini joyidan topolmaydi. Shu opamni uzatmoqchi bo'lib yurishuvdi, fotihasi buzildi. Keyingi paytlarda uyimizda hammaning og'zida shu to'y masalasi edi. Ukam Metinning bir og'iz so'zi opamning fotihasini buzdi-qo'ydi... Ba'zan kechqurunlari dadamning o'rtoqlari biznikiga to'planishadi yoki biz ularnikiga chiqamiz. Xullas, haftada kamida ikki kun mehmondorchilik bo’ladi. To'rt og'ayni bir joyga yig'ildi deguncha, darrov Zaynalbeydan gap ochiladi. Zaynalbey deganlari — bu dadamlar ishlaydigan idoraning xo'jayini. — Jonimga tegdi shu gap. Nuqul Zaynalbey, Zaynalbey deysizlar. Boshqa gap qurib qolganmi axir, — deydi oyim norozi bo'lib. Shundan keyin gap boshqa mavzuga ko'chadi. Lekin oradan sal o'tmay yana Zaynalbey tilga tushib qoladi. Hammalari uni yomonlab ketishadi. Zaynalbeyning yana ikki-uch joyda idorasi bor ekan. O'zi juda badavlat emish. Buning ustiga mol- dunyosi kun sayin ortib borayotganmish. Zaynalbey aslida ishlamaydigan, qovoqbosh bir odam ekan. Boshlang'ich maktabni zo'rg'a amal-taqal qilib bitirgan ekan. Dadamning oshnalaridan biri Zaynalbeyga elat bo’larkan. O'sha bir voqeani gapirib berdi. — Zaynalbey aslida bizdan o'n yosh katta, — dedi u. — U uchinchi sinfda o'qib yurganida, men endigina maktabga qatnay boshlagan edim. Demak, bir sinfda necha yildan o'tirib chiqqanini xomcho't qilib chiqish mumkin. Men boshlang'ich maktabni bitirganimda u hamon to'rtinchi sinfda o'qirdi. «O'g'ling shu yerning o'zidan domla-imom bo'lib chiqadi», deb odamlar uning otasini kalaka qilishardi. O'sha kezlari Zaynalning soqol-mo'ylovi sabza urib, yigitcha bo'lib qolgan edi. Bir kuni deng, maktabga inspektor kelib qoldi. To'g'ri Zaynal o'qiydigan sinfga kiribdi. O'qituvchisi yoshgina yigit ekan. Inspektor bundoq qarasa, mo'ylovli Zaynal o'tiribdi-yu, yoshgina yigit tik turibdi. «Nega o'rningdan turding, o'g'lim, o'qituvching hech nima demadi-ku», — debdi inspektor o'qituvchi yigitga. U o'sal bo'lib, qip-qizarib ketibdi. Zaynalday befarosat, qovoqbosh bolani ko'rmaganman. — Nima, hozir o'zgarib qolganmi? Ilgarigidan beshbattar miyasi suyulib ketgan-ku, — deydi dadam. «Kunduzi chiroq yoqib topib bo’lmaydigan ovsar», «Tentaklar ichida dunyo chempioni...» Va hokazo, va hokazo. — Sendan o'qib odam chiqmaydiganga o'xshaydi, yaxshisi, ko'zim tirikligida yonimda yur, savdo- sotiqni o'rgan, — deb otasi uni maktabda qaytarib olibdi. Shu-shu Zaynal savdo ishlariga sho'ng'ib ketibdi. Tez fursatda katta boylik orttiribdi. Ularning gapiga qaraganda, Zaynalbey o'taketgan dangasa, alifni kaltak deyolmaydigan qovoqbosh odam bo'lsayam, uning zo'r bir qobiliyati bor ekan — u odam ishlatishni qiyvorarkan. Zaynalbeyning qo'sha-qo'sha idora va shirkatlarida bir talay me'mor, injener, advokat, vrachlar ishlarkan. — O'qimagan ham ma'qul ekan. Xo'sh, bizlar o'qib nima bo'ldik? Oxiri shu savodsiz Zaynalbeyga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling