Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc


Download 437.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet50/75
Sana01.10.2023
Hajmi437.9 Kb.
#1690390
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   75
Bog'liq
G\'aroyib bolalar

www.ziyouz.com кутубхонаси 
50
o'zim litseyni bitirganman. Boshlang'ich maktabda o'qiydigan o'g'limning savoliga ba'zan javob 
berolmay qolaman-a. Shu to'g'rimi axir. Farzandlarimiz go'dak hali, programmani sal yengilroq tuzish 
kerak. Miyasini achitishning nima keragi bor?!
Boshqa bir juvon unga qarshi gapirdi. Bu juvon o'quvchilarning bilimi sayoz bo'lib ketayotganidan, 
ular ko'p narsani bilmasligidan shikoyat qildi. 
— Qizimdan nimani so'ramay, hecham durustroq javob ololmayman. Hayronman, bizning 
zamonamizda o'quv programmalari juda keng bo'lardi. Mana bitta misol. Tunov kuni ikkovimiz 
oshxonaga kirdik. Bir kishi tishini kavlab o'tirgan ekan, qizim o'shani ko'rsatib: «Oyi, bu kishi nega 
kavsh qaytaryapti?» deb so'rab qolsa bo'ladimi! Iltimos qilaman, to'rtinchi sinf o'quvchisi odamzod sut 
emizuvchilar toifasiga kirmasligini bilib qo'ysin. 
Direktor o'quv programmasini maktabda emas, balki Maorif ministrligida tuzilishini, shuning uchun 
bu masala bevosita ministrlikka taalluqli ekanini aytib, uni tinchitmoqchi bo'ldi. Lekin juvon ham bo'sh 
kelmadi. 
— Bir narsa bo'lsa, nuqul hukumatni ro'kach qilamiz. Odamzod sut emizuvchilarga kirmaydi, deb 
aytib qo'yish na hukumatning va na ministrlikning ishi bo'lmasa kerak, albatta. 
Hammalari bir-birini kuldirish uchun ataylab maynavozchilik qilayotgandek tuyuldi menga. Lekin 
vajohatlari g'oyat jiddiy edi. Sinfimizda Murod degan bir bola bor. Mabodo o'qituvchi uni chaqirib 
qolsa: 
— Kimga aytyapsiz? — deb bo'zrayadi. 
— Kimga bo'lardi, senga-da! 
— Mengami, afandim? 
— Ha, senga aytyapman. 
— Rostdan mengami, afandim? 
O'qituvchi uning ismini aytib chaqirsayam yoki sinfda ikkovidan boshqa odam bo’lmasayam Murod 
nuqul anqovsirab turaveradi. Buni ko'rib o'qituvchi jig'ibiyron bo'ladi. 
— Ro'paramda turgan senmisan axir? Senga bo’lmay, kimga aytyapman, Murod! 
Murod shunda ham orqa-oldiga qarab alanglaydi. Bir kuni orqasiga o'girilib, qup-quruq devorga 
qarab shunaqayam tikildiki... O'ziyam rosa kulishdik. 
Bir kishi o'rnidan turdi. Keyin bilsak, u Murodning otasi ekan. 
— Ruxsat etsangiz, men ham ikki og'iz gapirsam. 
— Marhamat, afandim, eshitamiz, — dedi raislik qilayotgan xonim. 
— Menga aytyapsizmi? — hayron bo'lib so'radi Murodning otasi. 
— Ha, sizga. Gapiraman deyapsiz-ku. 
— Kim? Menmi? 
— Ha, siz. 
— Men-a? 
— Shundoq, afandim. Marhamat, so'z sizga. Murodga o'xshab u kishiyam qo'lini ko'ksiga qo'ydi: 
— Men gapiraymi? 
Zaldan turib allakim: «Yo'q, siz emas, men!» deb luqma tashlagan edi, gur etib kulgi ko'tarildi. 
Murodning otasi nutqini boshlab yubordi. U maktabda bolalarga koptok o'ynatmaslik kerak, o'g'lim 
koptokka berilib darslaridan qolib ketyapti, dedi. 
— O'g'lingiz qaysi sinfda o'qiydi? — luqma tashladi direktor. 
— Kim, mening o'g'limmi? 
— Ha, sizning o'g'lingiz. Murodning otasi picha o'ylanib turgach: 
— Shu maktabda o'qiydi, — deb javob berdi. 
— Xo'sh, sinfi bormi? Nechanchi? 
— Nima nechanchi? 
— Kimdir yana: «Oyoq kiyimingizni so'rayaptilar. Razmerini ayting!» deb qichqirgan edi, zal 
sharaqlab kulib yubordi. 


G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin 

Download 437.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling