Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc


Download 437.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet49/75
Sana01.10.2023
Hajmi437.9 Kb.
#1690390
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   75
Bog'liq
G\'aroyib bolalar

 
Noittifoq maktab va oila 
 
Anqara, 24-yanvar, 1964-yil.
Do'stim Ahmad! 
Hozirgina 20-yanvarda yozgan xatingni oldim. Kecha ukol qildirgan edim, shuning uchun bugun 
o'qishga bormadim. Xatingni o'qib, qattiq kulib yuborgan ekanman, oyim: 
— Bekordan bekorga nega kulasan, qizim? — deb hayron bo’ldi. 
Sendan xat kelganini aytdim. 
— Nima deb yozibdi o'rtog'ing? 
Yozganlaringni oyimga ham o'qib berdim. Rosa miriqib kuldi... 
Senga men «Maktab va oila ittifoqi»ning bir majlisini gapirib bermoqchi bo'lib yurgan edim. Mana, 


G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
49
bugun shunga imkon tug'ildi, vaqt juda bemalol. Ukol sal og'rib, isitma chiqarib turibdi-yu, lekin 
chidasa bo’ladi. 
Yaqinda maktabda ota-onalar majlisi bo’ldi. O'zi har oyda bir marta o'tkazib turiladi. Beshinchi 
sinfdan besh bola navbatchilik qiladigan bo'ldik. Uchta qiz va ikkita o'g'il bola. O'sha kuni majlisda 
bo'lgan hamma gaplarni o'z qulog'im bilan eshitdim. Juda g'alati gaplar bo’ldi. Senga shularni aytib 
bermoqchiman. 
Navbatchilarning ishi majlis tugaganidan keyin mehmonlarga choy, limonad, pecheniy ulashib 
chiqishdan iborat. Shuning uchun bizni ichkari qo'yishmadi. Koridorga chiqib turdik. Zal ota-onalar 
bilan liq to'lgani uchun dimiqib ketdi, axiyri eshikning ikkala tavaqasini lang ochib yuborishdi. 
Koridorda turib, hamma gaplarni eshitib oldik. 
Direktor janoblari majlisda birinchi bo’lib nutq so'zladi. U nutqni muloyim ohangda boshlagan 
bo’lsa, keyin o'dag'aylashga o'tdi. Gapning asosiy mazmuni shu bo’ldi: ota-onalar farzandlarini o'z 
holiga tashlab qo'yishgan, natijada, hamma og'irlik maktabga tushyapti. Shuni unutmaslik kerakki, 
maktab aslida oilaning o'zidan boshlanadi. Ota-ona uyda bolani tergab turishi, vaqtida dars qildirishi, 
maktabga kelib, uning o'qishidan, yurish-turishidan xabar olib turishi lozim. 
Zalda pichir-pichir gaplar o'ralashib qoldi. Direktor maktab ishlariga sho'ng'ib ketgani uchun o'ziga 
vaqti qolmayotganidan nolib gapirdi. 
— O'giim litseyning birinchi sinfida o'qiydi. Shu maktab ishlaridan bo'shab litseyga borolmayman. 
O'giimning o'qishlari qanaqa, bilmayman. Bir kelib keting, deb ko'p xat yuborishdi, ammo vaqt qani 
bunga... Ishim boshimdan oshib yotgan bo’lsa... 
«Maktab va oila ittifoqi»ning raisi qilib bir ayol saylangan. Direktordan keyin u ota-onalarga so'z 
berdi. O'tirganlardan biri minbarga chiqdi. Bu odam o'quvchilar ona tillarini yaxshi bilmaydilar, deb 
shikoyat qildi. 
— Bu qandoq gap, afandim, o'g'limga nima uchun ona tilini yomon o'qitishadi? 
Bu kishining tili biram g'alati ekanki... Gaplari poyma-poy, hecham tushunib bo'lmaydi. Bir 
jumlaning o'zida uchala zamon fe'li ketma-ket keladi. Gapi qayerda boshlanib, qayerda tugaganini 
bilolmaysan. 
— Aslo mumkin bo'lmaydi, afandim. Fransuz tili bo'lganida go'rga erdi, nega bo'sh saboq olishini 
bilmasdim. Balki to'g'ri bo'lajak bu. Ammo-lekin ona tilidan yomon o'qidi, mumkin emas. Adolatsizlik 
bo'ladi... Innaykeyin, mening o'g'lim boshqa millat farzandi bo'ldi, turkcha bilmay qolajak. U mening 
o'g'lim, binobarin, turk farzandi, shundoq ekan, turkcha bilgan shart... Nega u ona tilini bilmayajak? 
Tilni g'oyat zo'r o'qitadi, demaganmishman... Lekin har qanday turk bolasi kerak kamida o'rta tilni 
biladi. O'g'lim gapiradi, turkcha tushunganman, uni onasi tushundi, o'rtoqlari tushunajak, demak, 
o'qituvchisi ham tushungan kerak, albatta. Tildan kamida o'rta baho olgan kerak. 
— Kechirasiz, gapingizga tushunolmadim, — luqma tashladi sinf o'qituvchisi. — O'g'lingiz turk 
bo'lgani va turk tili unga ona tili bo'lgani uchun bu fandan kamida o'rta baho olish kerak, 
demoqchimisiz? 
— Ha, to'g'ri, shuni gapir. O'g'limning gapiga hamma tushundi, o'qituvchisi ham tushungan 
lozim... 
— Demak, o'g'lingizning gapiga tushunar ekansiz-da? 
— Ha, albatta. 
— O'g'lingiz ham sizni tushunadimi? 
— Tushundi bo'lishi kerak. 
Zalda g'ala-g'ovur boshlandi. Direktor uni tinchitib, joyiga o'tqazib qo'ydi. 
Otalardan yana biri so'zga chiqdi. U goh paytlari o'g'li ayrim narsalarni so'rab qolganida javob 
berolmay qiynalishini gapirdi. 
— Uning so'ragan narsasini men nega bilmayman, afandim? Nima uchun bilmaslik kerak? 
Shunga ham xunob bo'ladimi, deb turgan edim, sababi boshqa yoqda ekan. 
— Men bilmagan narsani yosh bola qandoq tushunishi mumkin? Mutlaqo o'zlashtirolmaydi. Asli 


G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin 

Download 437.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling