Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc
Download 437.9 Kb. Pdf ko'rish
|
G\'aroyib bolalar
www.ziyouz.com кутубхонаси
58 — deb aytgan ekan. Shundan keyin opamni rassomlikka o'qitmoqchi bo'lishdi. Bundan ham biror naf chiqmadi. Endi navbat raqsga keldi. Ammo raqs darslarining opamga foydasi katta bo'ldi. U ilgarilari uyda har narsaga qoqilib yurar, og'ir chamadon ko'targan odamday nuqul o'zini stol-stullarga urib olardi. Raqs mashg'ulotlaridan keyin u gavdasini ko'tarib, orqa-o'ngiga qarab yuradigan bo'lib qoldi. Oyim bilan dadam nechog'liq harakat qilishmasin, opamdagi yashirin iste'dodini hecham yuzaga chiqarib bo'lmadi. — Ha, mayli, qizimizning iste'dodi bir kunmas-bir kun o'zi lop etib chiqib qolar. Oldin o'qishini bitirsin-chi, — deyishdi ular oxiri kutaverishdan charchab. Opam bir sinfda ikki yil o'qishni o'ziga odat qilib olgan edi, negadir litseyga borganda shuniyam eplolmadi. Litseyning ikkinchi sinfida ketma-ket uch yil o'tirib qoldi. Darhol kovushini to'g'rilab qo'yishdi. — Qizimning o'qishga havasi yo'q, xuddi ro'zg'or ishlariga tug'ilganga o'xshaydi, — dedi shunda oyim. Har qalay opamning shu sohadagi qobiliyatini sinab ko'rishmagan edi. Ammo sinov muddati ko'pga cho'zilmadi — opam oshxonadan ham quvildi. Sababi — opam oshxonaga birrov kirib chiqquday bo'lsa, hammayoq alg'ov-dalg'ov bo'lib ketardi. Biror narsani qo'ygan joydan topib bo'lmay qoldi. Hatto qozon-kastryullar ham g'oyib bo'lib qolar, ikki-uch kundan keyin esa kutilmagan joydan chiqardi. Opamni vrachga ko'rsatishdi. — Boladan iste'dod izlab, enka-tenkasini chiqarib qo'yibsizlar. Ovsar bo'lib qolibdi. Endi uni tinch qo'yinglar, o'ziga kelsin, — deb maslahat beribdi. Ana shundan keyin opamni o'z holiga tashlab qo'yishdi. Boyoqish ancha o'ziga kelib qoldi. Ammo Metin ikkovimiz opamning kasriga qoldik. Dadam bilan oyim opam bilan ko'p ovora bo'lib charchashgan ekan, bizga sira e'tibor bermay qo'yishdi. Men-ku, mayli-ya, ammo Metinga jabr bo'ldi. Chunki Metin texnikaga juda qiziqadi. Uyda nima bo'lsa hammasiga uning qo'li tekkan. Radiopriyomnik, kir yuvish mashinasi, dadamning soqol oladigan asbobi, xolodilnik, pilesos, gaz plitasi va hokazolar Metinni ko'rsa qaltirab turadi, deyman. Ukam soatning biror murvatini olib kastryulga o'rnatadi yoki tikuv mashinasining ichidagi lash-lushini radiopriyomnikka joylaydi. Shu vajdan dadam uni ustabuzarmon deb chaqiradi. Aslida esa Metinning qo'li qichib turishiga sabab uning texnikaga bo'lgan zo'r ishtiyoqidir... Qo'shnilarimizdan binning Nurton degan qizi bor. Mana buni antiqa desa bo'ladi. Nurton bir o'tirishda besh kishining ovqatini pok-pokiza tushirib qo'yadi. Shundayam onasining ko'ngli to'lmaydi. — Bolaginamga ko'z tegdi, ishtahasining mazasi yo'q, — deb zorlanadi. Keyin unga xilma-xil shar- bat, vitamin, baliq moyi tiqishtiradi. Baq-baqaloq qiz bo'lgan. Otasiyam uning xuddi o'zi — xo'ppasemiz. Odatda ular biror joyga borishadigan bo'lsa, Nurtonni biznikiga tashlab ketishadi. Metin ham shunday. Dadam bilan oyim kinoga ketgan kuni ularnikiga chiqishga majbur. Uyda uni qoldirib bo'lmaydi: binoyidek ishlab turgan priyomnik yoki xolodilnik birpasda rasvoyi jahon bo'ladi. Men ham unga bas kelolmayman, ko'ngilbo'shlik qilib qo'yaman. Axir kastryulning qopqog'iga soat ulayman, necha minutda ovqat tayyor bo'larkin, ko'ramiz, deb tursa qandoq qilib yo'q deyman?! Mana shuning uchun ham uydagilar kinoga boradigan bo'lishsa Metin ikkovimiz Nurtonlarnikiga chiqamiz. Tunov kuniyam Nurtonlarning uyida edik. Men Metin bilan Nurtonga ertak o'qib berayotgan edim. Bir mahal Nurton suv ichib kelaman, deb chiqib ketdi. Darrov iziga qaytdi. — Oyim bilan dadam urishayotgan ekan. Yuringlar, tomosha qilamiz, — deb qoldi Nurton. — Qayerdan bilding? — Ha, o'zim bilaman-da... Suv ichgani ketayotuvdim, oyim ko'rib qoldilar. Darrov dadamga qarab: «Jonginam», dedi. Dadam ham: «Sevgan yorim, asalim», deb javob berdilar. Ikkovlari janjallashib turishgan bo'lsa meni ko'rishlari bilan nuqul shunaqa deyishadi. Bir-birlariga shirin gap qilishmasa, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling