Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc
Download 437.9 Kb. Pdf ko'rish
|
G\'aroyib bolalar
www.ziyouz.com кутубхонаси
54 — Qani, qani, nimasi ajoyib edi? — qiziqib so'radi kichik amakim. Injenerning o'g'li ham shu yerda. Otasi gapiryapti-yu, men unga razm solaman: turqi sovuq, so'tak bir bola, xolos. Toriqni onasi chaqirib qoldi. Uning uch-to'rt marta ovozi eshitilgan bo'lsayam, Toriq miq etmay o'tiraverdi. Oxiri derazani ochib o'shqirdi: — Ha! Nima deysan? Ota-onalar o'z farzandlari nimalarga qodir ekanini bir ko'rsatib qo'yishmoqchi edi. Hamma shu fursatni sabrsizlik bilan kutardi. Oxiri katta amakining sabri chidamadi. U besh yashar qizini imlab chaqirdi. — Qani, qizim, amakilaringga ashula aytib berchi. Maza qilib bir eshitsin. Qizcha jilpanglab, noz qildi. — E-e... — Bo'la qol, oppoq qizim. — Aytgim kelmayapti. — Aka-singilning muzikaga juda ixlosi baland, — qistirib o'tdi kelin oyim. — Kuyni darrov ilib olishadi. Pianino chalganda qo'llari biram kelishib turadiki. Pianino bo'lganda o'g'lim boshlab menzurka chalib berardi-ya. — Menzurka emas, mazurka, xonim, — dedi amakim uni tuzatmoqchi bo'lib. — Menzurkami, manzurkami — hammasi bir go'r emasmi... Yoshligimda men ham muzika shaydosi edim, ikkovi menga tortgan. Qizlarini yana qistab ketishdi. — Bo'l endi, qizim. Aytmasang hay olib bermayman. — Obermasangiz obermang. Navbat poraga keldi. — Ashula aytib bersang, bitta shokolad beraman. — Nimani aytay? — «Beyo'g'lining qizlari»ni. Amakim tunuka choynakni olib, qopqog'ini tiqillatdi. Kelinoyim barmoq shiqillatdi. Nihoyat, chiyillagan bir ovoz eshitildi. Qo'shiq boshlandi. «Bey o'g'lining qizlari, yor-ey, Bey o’g'lining qizlari, yor-ey, Suzilib turar ko'zlari, yor-ey...» Qiz dam-badam to'xtab qoladi. Onasi uyog'ini ulab yuboradi. Shundagina nimjon ovoz quloqqa chalinadi. Qo'shiq tugagach, hamma chapak chaldi. Kelinoyim injenerning xotinidan uzr so'ragan bo'ldi: — Bugun tobi qochib turibdi, xolasi, ovozi ning mazasi yo'q. — Juda binoyidek ovozlari bor ekan, ko'z tegmasin, — dedi u e'tiroz bildirib. Kichik amakim navbatni o'g'liga olib bermoqchi bo'ldi. — Qani, o'g'lim, sen endi she'r o'qib ber-chi. Bola bir burchakka biqinib oldi. — Iya, iya, o'g'lim, bo'la qol endi. Bolani toza qistashdi, yalinib-yolvorishdi hamki, hoimadi. Amakimning jahli qo'zg'adi: — Aytavermaysanmi, shumtaka, nega injiqlik qilasan? O'g'li yig'lab yubordi. Keyin yig'lab-siqtab zo'rg'a she'rni boshladi. Oyisi bilan dadasi unga qarashib turdi. Bola bitta so'z aytganidan so'ng keyingisi esidan chiqib qolar ekan. Amakim bilan kelinoyim dalda berishadi yoki so'zlarni aytib turishadi. — Mushukcham... Mushukcham... Mushukcham... — Xo'sh, xo'sh, uyog'iniyam ayt-chi, — qistaydi uni amakim. — Mushukcham... Mushukcham... Kelinoyim hayron. — Bugun senga bir narsa bo'ldimi o'zi, o'g'lim? Bolaginamga ko'z tekkanga o'xshaydi... |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling