Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc
Download 437.9 Kb. Pdf ko'rish
|
G\'aroyib bolalar
G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin www.ziyouz.com кутубхонаси 7 Darslar yangidan boshlandi Istanbul, 23-noyabr, 1963-yil. Do'stim Zaynab! 19-noyabrda yozgan xatingni olib, qanchalik quvonganimni ta'riflab berolmayman. Xunuk bir yangilik bor: o'qituvchimiz maktabdan ketdi. Boshqa viloyatga ishga o'tganmish. Unga qattiq o'rganib qolgan ekanmiz, eshitib juda xafa bo'ldik. Oxirgi darsida biz bilan xayrlashdi, shunda ba'zilar ko'zyoshi to'kib olishdi. O'pkam to'lib, o'zimni arang bosib o'tirgan edim, sinfdan chiqayotib boshimni silashi bilan men ham chidab turolmadim. Ho'ngrab yig'lab yubordim. Aslida o'qituvchimiz ho'v o'sha inspektor kelgan kundagi voqeadan keyin menga unchalik ro'yxush bermay yurgan edi. Shu xayrlashuv kuni bizga bir-ikki og'iz shirin gap aytib, hammamizga muvaffaqiyat tiladi. — Yana ko'rishguncha xayr, bolalar! Shunday dedi-yu, eshikka qarab yurdi. Yonimdan o'tib ketayotganida esa boshimni asta silab qo'ydi. Yangisi ham erkak o'qituvchi. Birinchi darsiga kirishi bilanoq nimalarni o'tganimizni surishtira ketdi. Har qaysimizni birma-bir turg'izib, ketma-ket savollar berdi. Javoblarimizdan sira qoniqmadi. — Afsus... Ming afsus... Hech nimani bilmas ekansizlar! — dedi u oxiri boshini chayqab. Damir bor-ku, Damir, sinfimizning a'lochisi. Hatto shu Damirning javoblaridan ham ko'ngli to'lmadi-ya. Navbat menga keldi. Bilganimni gapirib berdim. U bo'lsa nuqul «esiz, esiz» deb tizzasini shapatilab o'tirdi. Menga qolsa, so'ragan narsalariga to'g'ri javob berdim. Bolalar birin-ketin darslarni gapirib berishyapti-yu, u bo’lsa dam-badam: — Shuncha yil o'qib, hech nima o'rganmabsiz-da? Bekorga kelib-ketib yuraveribsizlar-da? Esiz vaqt, esiz... O'qish emas, uqish kerak edi, uqish, — deb noliydi boshini chayqab. — Nima, so'ragan narsangizga to'g'ri javob ber-madimmi? — dedi bir payt Mine o'pkasi to'lib. — Yo'q, javobing to'g'ri bo'ldi, — dedi yangi o'qituvchimiz. Keyin qo'shimcha qildi: — Ha, to'g'ri javob berding. Lekin yuzaki, sayoz. Hammalaring shunaqa, bilimlaring sayoz ekan. Uning bu gapidan qattiq ranjigan bo'lsak ham indamadik. Eski o'qituvchimizning darslaridan yomon baho olib yurgan uch-to'rt bola buni eshitib g'imirlab qoldi. Yangi o'qituvchining gapi ularga moydek yoqqan edi. — Eski o'qituvchimiz yaxshi dars berardi, yomon o'qimasdik, — dedi Damir o'zini tutolmay. — Ha, javoblaringizdan bilinib turibdi, — piching qildi yangisi. Shundan keyin u stol atrofida birpas aylanib yur-gach, muloyimiik bilan gap boshladi: — Bolalar! Mana endi kelishib olaylik. Ilgari o'qigan narsalaringizni endi unutasiz. Mutlaqo esdan chiqaringlar. Hamma darslarni yangidan boshlaymiz. Tushunarlimi? Damir qo'l ko'tarib so'radi: — Axir biz kitobda nima yozilgan bo'lsa, shuni o'qigan edik-ku? — Men sizlarga endi hammasini esdan chiqaring, deb aytyapman! Yangi o'qituvchining birinchi darsi shunday o'tdi. Tanaffusda bolalar tarafma-taraf bo’lib ketishdi. Ba'zilar eski o'qituvchining yonini olgan bo’lsa, boshqalar yangisini himoya qilishdi. Ochig'ini aytsam, hech kimga qo'shilmay betaraf qoldim. Bir payt qo'shni 5-sinf o'quvchilari bilan gaplashib qoldik. Ma'lum bo'lishicha, ularga ham o'quv yilining boshida yangi o'qituvchi kelgan ekan. Xuddi biznikiga o'xshagan voqea yuz beribdi. Ularning yangi o'qituvchisi ham darsga birinchi kirgan kuniyoq: «Ilgari nima o'tgan bo'lsangiz, hammasini esdan chiqaringlar!» — deb buyuribdi. Yangi o'qituvchimizning bu uslubi ayrim bolalarga juda qo'l kelib qoldi. O'qituvchining biror savoliga noto'g'ri javob berib, dakki eshitadigan bo'lishsa, darhol: — Oldingi o'qituvchimiz bizga shundoq degan edilar, afandim, — deyishadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling