Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


DUNYO UCHUN ILM O‘RGANISH VA ILMNI YASHIRISH


Download 158.58 Kb.
bet17/131
Sana29.03.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1308606
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   131
Bog'liq
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar

DUNYO UCHUN ILM O‘RGANISH VA ILMNI YASHIRISH

Alloh taolo shunday deydi:



«... Albatta, Allohdan bandalari orasidagi olim-bilimdonlar qo‘rqur» (Fotir surasi, 28).

Ushbu oyat borasida aytilgan tafsirlar quyidagicha: Ibn Abbos roziyallohu anhumo:


«Alloh taolo bu bilan: «Qudratim, izzatim va saltanatimni bilgan bandalarimgina Mendan qo‘rqadi», deydi», deganlar.
Mujohid va Sha’biy aytadilar: «Alloh taolodan qo‘rqqan kishigina olimdir».
Robe’ ibn Anas aytganlar: «Kimki Allohdan qo‘rqmas ekan, u olim emas».

«Biz nozil qilgan hujjatlar va hidoyatdan (Muhammad alayhissalomning haq Payg‘ambar ekanligi haqidagi) narsalarni odamlarga Kitobda (Tavrotda) ravshan qilib berganimizdan keyin yashiradigan kimsalarni, shubhasiz, Alloh la’natlagay va la’natlovchi zotlar (farishtalar va mo‘minlar) la’natlagaylar»
(Baqara surasi, 159).
Bu oyat yahudiy ulamolari xususida nozil bo‘lgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
17
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Ibn Abbos roziyallohu anhumoning aytishicha, insonlar va jinlardan boshqa barcha narsalar la’natlaydi.
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytganlarki, ikki musulmon bir-biriga la’nat aytadigan bo‘lsa, bu la’nat Muhammad sollallohu alayhi vasallamning haq payg‘ambar ekanliklarini va u zotning sifatlarini yashirgan yahudiy va nasroniylarga qaytadi.

«Eslang, (ey Muhammad), Alloh Kitob berilgan kimsalardan «Albatta, u (Kitobni) odamlarga ochiq bayon qilursizlar va yashirmaysizlar!» deb ahd-paymon olgan edi. So‘ng ular bu ahd-paymonni ortlariga tashladilar va uni ozgina qiymatga sotdilar. Ularning bu oldi-sotdilari naqadar yomon ish bo‘ldi»
(Oli Imron surasi, 187).

Vohidiy aytishlaricha, bu oyat Madina yahudiylari haqida nozil bo‘lgan. Alloh Tavrotda ulardan Muhammad sollallohu alayhi vasallamning haq payg‘ambar ekanligi, sifatlari va yuborilish zamoni-yu, makonini bayon qilishga, uni yashirmaslikka ahd-paymon olib:


«Uni odamlarga ochiq bayon qilursizlar va yashirmaysizlar», deb aytgan.

Bu Alloh taoloning yahudiy ulamolaridan Kitoblaridagi narsalarni odamlarga bayon qilib berishlari xususida olgan ahdu paymonidir. Ularning Kitobida esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ham zikrlari kelgan, degan edi Hasan Basriy.

«Uni ozgina qiymatga sotdilar», degani, ular ilmli bo‘lganlari uchun ilmsiz johil kimsalardan narsalar olardilar. Shu arzimas dunyoviy narsadan mahrum bo‘lib qolishdan qo‘rqib ahdlarini buzdilar.

«Ularning bu oldi-sotdilari naqadar yomon ish bo‘ldi» oyati karimasi haqida Ibn Abbos roziyallohu anhumo: «Ularning savdolari jirkanchli bo‘lib, ziyon ko‘rishdi», degan edilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki Allohning Yuzi qasd qilinadigan ilmni faqat biron dunyoviy narsaga yetishish uchun o‘rganadigan bo‘lsa, qiyomat kunida jannatning hidini ham topmaydi» (Abu Dovud rivoyati).

Do‘zaxga yuzi bilan sudraladigan uch kishi haqidagi hadis «Riyo» bo‘limida keltirilgan edi. Ulardan biriga: «Olim, deb aytishlari uchun ilm o‘rganding, bu narsa aytildi», deyiladi.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Kimdan bilgan narsasi haqida so‘ralsa-yu, uni yashirsa, qiyomat kuni Alloh u kimsani olovdan bo‘lgan yugan bilan yuganlab qo‘yadi» (Ibn Hibbon, Hokim rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sendan foydasiz ilmdan panoh berishingni so‘rayman», deb duo qilardilar (Muslim rivoyati).

Usoma ibn Zayd roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi, u kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitdi: «Qiyomat kunida bir kishi olib kelinib, do‘zaxga uloqtiriladi. Uning ichak-chovoqlari osilib, yoyilib ketadi-da, xuddi eshak tegirmon atrofida aylanganidek, ularga o‘ralashib qoladi. Do‘zax ahli uning atrofiga to‘planishadi va: «Ey falonchi, senga nima bo‘ldi? Axir sen yaxshilikka buyurib www.ziyouz.com kutubxonasi
18
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy yomonlikdan qaytarmasmiding?» deb so‘rashadi. U: «Sizlarni yaxshilikka buyurardim-u, o‘zim qilmasdim. Yomonlikdan qaytarardim-u, o‘zim qaytmasdim», deydi» (Buxoriy, Muslim rivoyati).

Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «Kim ilm o‘rganib unga amal qilmasa, ilm faqat uning kibrini ziyoda qiladi».

Hilol ibn A’lo aytganlar: «Ilm talab qilish qiyin, uni yodlash talab qilishdan qiyin, unga amal qilish yodlashdan qiyin, unda salomat qolish amal qilishdan ham qiyinroqdir».

Alloh taolodan barcha balolardan salomat saqlashini va O‘zi yaxshi ko‘rgan, rozi bo‘lgan narsalarga muvaffaq qilishini so‘raymiz. Albatta, U saxiy va karim zotdir.




To‘qqizinchi gunohi kabira

Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling