ALLOHNING MAKR-SINOVIDAN XOTIRJAM BO‘LISH
Alloh taolo aytadi:
www.ziyouz.com kutubxonasi
13
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
«Qachonki o‘zlariga berilgan narsalar bilan shod turganlarida, ularni to‘satdan (azob bilan) ushladik» (An’om surasi, 44).
Ya’ni, ularga o‘ylamagan taraflaridan azobimiz yetdi.
Hasan Basriy: «Alloh kimning rizqini keng qilib qo‘ygan bo‘lsa-yu, «Alloh menga makr qilyapti», deb bilmas ekan, u aqlsizdir. Kimga rizqini qatra-qatra qilib tor qilib qo‘ygan bo‘lsa-yu, «Alloh menga qarab turibdi», deb bilmas ekan, u ham aqlsizdir», deb so‘ng quyidagi: «Qachonki, o‘zlariga berilgan narsalar bilan shod turganlarida, ularni to‘satdan ushladik. Bas, butunlay noumid – mublis bo‘ldilar», oyatni o‘qigan edilar.
Yana aytdilar: «Ka’baning Rabbiga qasamki, qavmga makr qilishi ularga hojatlarini berishi va so‘ng ularni ushlashidir».
Mublis – falokatga uchragan paytda najot topishdan umidini uzgan kimsa.
Ibn Abbos roziyallohu anhumo: «Mublis barcha yaxshilikdan umidlarini uzgan kimsa», deganlar.
«Bilinglarki, shubhasiz, Alloh har bir kishi bilan uning qalbi o‘rtasini egallab turur va shubhasiz, sizlar Uning huzuriga to‘planursizlar» (Anfol surasi, 24).
Mujohid aytganlarki: «Buning ma’nosi, Alloh banda bilan uning aqli orasini egallab –
to‘sib turadi. Hattoki, banda barmoqlari nima qilayotganini ham bilmay qoladi».
Tabaroniy: «Bu oyat Alloh taoloning bandalar qalbiga ularning o‘zlaridan ko‘ra molikroq ekanini, U agar xohlasa, banda bilan uning qalbi orasini egallab – to‘sib olishini va inson Allohning xohishi bilangina biron narsani idrok etishini xabar qiladi», deydilar.
Sahih hadisda keladi: «Albatta, sizlardan bir kishi jannat ahli amallarini qiladi. Hattoki, u bilan jannat orasida bir ziro’ masofa qoladi. Shunda unga kitob (taqdir) yetib keladi-da, do‘zax ahli amalini qiladi va do‘zaxga kiradi» (Muttafaqun alayh).
«Jannat ahlining amalini qiladi», degani, insonlarga shunday ko‘rinadi. Aslida esa u amalning yashirin bir illati bo‘ladi. Agar u rostdan ham solih, maqbul amal bo‘lganida edi, Alloh uni yaxshi ko‘rgan va rozi bo‘lgan, uning amalini botil qilmagan bo‘lardi.
Shuning uchun, oxiri nima bilan tugashini bilmasdan turib, amalning zohiri bilan g‘ururlanmaslik kerak. Chunki amallar xotimasi bilan e’tiborlidir.
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko‘pincha: «Yo‘q, qalblarni o‘zgartiruvchi zotga qasamki», deb ont ichardilar»
(Buxoriy rivoyati).
Sahl ibn Sa’d Saidiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Bir kishi do‘zax ahli amalini qiladi, holbuki, u jannat ahlidandir. Yana bir kishi jannat ahli amalini qiladi, holbuki, u do‘zax ahlidandir. Darhaqiqat, amallar xotimasi bilan e’tiborlidir» (Buxoriy rivoyati).
Do'stlaringiz bilan baham: |