www.ziyouz.com kutubxonasi
10
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Menga do‘zaxga birinchi bo‘lib kiradigan uch toifa ko‘rsatildi. Zolim amir, molidagi Alloh haqini ado qilmaydigan boy va mutakabbir kambag‘al» (Ibn Xuzayma, Ibn Hibbon rivoyati).
Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimda-kim takabburlik qilib kiyimini sudrab yursa, qiyomat kunida Alloh unga qaramaydi» (Buxoriy rivoyati).
Salama ibn Akva’ roziyallohu anhudan: «Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida chap qo‘li bilan taom yedi. «O‘ng qo‘lingda ye», degandilar,
«Yeyolmayman», dedi. Shunda Nabiy: «Yeyolmay qol», dedilar. Uni o‘ng qo‘lda yeyishdan faqat kibr to‘sib turgan edi. Shundan keyin u o‘ng qo‘lini og‘ziga olib borolmaydigan bo‘lib qoldi» (Muslim rivoyati).
Ayrim salafi solihlar aytganlarki, Allohga osiylik qilib sodir etilgan birinchi gunoh kibrdir.
Alloh taolo aytadi:
«(Ey Muhammad alayhissalom), eslang, Biz farishtalarga Odamga ta’zim qiling deyishimiz bilan ular sajdaga egildilar. Faqat Iblis kibr va or qilib, kofirlardan bo‘ldi» (Baqara surasi, 34).
Kimki Iblisga o‘xshab haqdan kibr qilsa, uning iymoni befoydadir.
Bandalardan ilmi tufayli takabburlik qiladigan va o‘zini boshqalardan afzal deb biladigan kimsa eng yomon mutakabbirdir. Uning ilmi ham befoydadir. Zero, kimki oxirat uchun ilm talab qilsa, ilmi uni bosiq – tavoze’li qilib qo‘yadi, qalbi xushu’ga to‘ladi va nafsi xotirjam bo‘ladi. Ilm uning nafsiga qo‘riqchi-posbon bo‘lib oladi va yalqovlik qilmasdan har vaqt uni nazorat qilib, hisob-kitob qilib turadi. Bordi-yu, g‘aflatda qolsa, nafs haq yo‘ldan bo‘yin tovlaydi va halok etadi.
Kimda-kim faxrlanish, boshliq bo‘lish, musulmonlarni ahmoq qilish, masxaralash va o‘zini ustun qo‘yish uchun ilm talab qilsa, yuqoridagi oyat va hadislarda aytilganidek jannatga kirmaydi».
Kuch va quvvat buyuk va oliy Allohnikidir.
To‘rtinchi gunohi kabira
Do'stlaringiz bilan baham: |