Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
www.ziyouz.com kutubxonasi
Download 158.58 Kb.
|
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar
- Bu sahifa navigatsiya:
- «(Zotan), Biz ular qilgan har bir (yaxshi) amalga kelib, uni sochilgan to‘zon (kabi) qilib qo‘ygandirmiz» (Furqon surasi, 23).
www.ziyouz.com kutubxonasi
7 Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ko‘p ro‘zadorlar borki, ularning ro‘zasidan oladigan «ulush»lari faqat ochlik va tashnalikdir, ko‘plab kechalari qoim bo‘luvchilar borki, ularning qoimlikdan oladigan «ulush»lari faqat bedorlik, xolos» (Tabaroniy rivoyati). Ya’ni, agar namoz va ro‘za Alloh taoloning roziligi uchun bo‘lmas ekan, unga savobi berilmaydi. Ba’zi hukamolar aytishgan ekan: «Riyo va sum’a (odamlar eshitishi) uchun amal qilgan kimsa hamyonini toshlar bilan to‘ldirib olgan kishiga o‘xshaydi. U bozorga bir narsa sotib olish uchun kirib, sotuvchining oldida hamyonini ochsa, ichi to‘la tosh bo‘ladi va sotuvchi toshlarni uning yuziga otadi. Insonlarning: «Hamyoni juda to‘la ekanmi?» degan so‘zlaridan boshqa unga hech bir manfaat yo‘q va unga hech vaqo berilmaydi». Xuddi shunga o‘xshab riyo va odamlar eshitsin, deb qilingan amallardan zarracha foyda yo‘q, oxiratda unga savob ham berilmaydi. «(Zotan), Biz ular qilgan har bir (yaxshi) amalga kelib, uni sochilgan to‘zon (kabi) qilib qo‘ygandirmiz» (Furqon surasi, 23). Ya’ni, Allohning roziligidan boshqa narsa uchun qilgan amallarini savobsiz qoldiramiz va ularni quyosh nurida ko‘rinadigan g‘ubor kabi qilib qo‘yamiz, deyilmoqda. Adiy ibn Xotim roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir toifa odamlarni do‘zaxdan jannatga olib borish buyuriladi. Ular jannatga yaqinlashib, uning bo‘ylarini hidlab, undagi qasrlar va Alloh jannat ahli uchun hozirlab qo‘ygan narsalarni ko‘rishgach, «Ularni jannatdan burib yuboringlar, u yerda ularga nasiba yo‘q», deb nido qilinadi. Shunda ular: «Parvardigoro, bizga jannatingni va u yerda do‘stlaring uchun hozirlab qo‘ygan narsalaringni (noz-ne’matlaringni) ko‘rsatmasdan turib do‘zaxga kiritganingda, bizga osonroq bo‘lardi», deyishadi. «Men sizlarga shuni iroda qildim, – deydi. – Chunki sizlar yolg‘iz qolganingizda, ulkan gunohlar bilan Menga qarshi chiqdingiz va odamlarga yo‘liqsangiz, ularga itoatkor – taqvodor bo‘lib ko‘rindingiz. Insonlarga qalbingizdan Men uchun bergan narsalaringizning teskarisini ko‘rsatdingiz. Odamlardan qo‘rqdingiz, Mendan qo‘rqmadingiz. Odamlarni ulug‘ladingiz, Meni ulug‘lamadingiz. Odamlarni deb (biron gunoh ishni) tark etdingiz, Men uchun tark etmadingiz. Mana bugun sizlarni savobdan mahrum etganimdek, alamli azobga giriftor qilaman». Ba’zi hukamolardan: «Muxlis (ixlosli odam, riyokorning ziddi) kim?» deb so‘ralganida: «Muxlis – yomonliklarni yashirgani singari, yaxshiliklarini ham yashirgan kishi», deya javob berishgan. Ayrim zotlardan: «Ixlosning g‘oyasi-mag‘zi nima?» deb so‘rashganida, «Odamlar maqtashini yomon ko‘rishing», deya javob berishgan. Alloh taoloning: Download 158.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling