Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
«Ey mo‘minlar, ko‘p gumon(lar)dan chetlaninglar! Chunki ayrim gumon(lar) www.ziyouz.com kutubxonasi
Download 158.58 Kb.
|
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Qo‘pol va bulardan tashqari benasab – haromi kimsaga itoat etmang!» (Qalam surasi, 13).
«Ey mo‘minlar, ko‘p gumon(lar)dan chetlaninglar! Chunki ayrim gumon(lar) www.ziyouz.com kutubxonasi
79 Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy gunohdir!» deyilgan (Hujurot surasi, 12). 5. Eshitgan gapi uni josuslik qilishga va gapning tagiga yetish uchun harakat qilishga undamasligi lozim. Chunki yuqoridagi oyatning davomida: «(O‘zgalarning ayblari ortidan) josuslik qilib yurmanglar», deyilgan. 6. Chaqimchi keltirgan gaplarni boshqalarga yetkazmasligi darkor. Bir kishi Umar ibn Abdulaziz roziyallohu anhuga bir odam haqida nimadir dedi. Umar unga: «Ey sen, agar xohlasang, gapingni tekshirib ko‘ramiz: bordi-yu yolg‘on gapirgan bo‘lsang, unda sen: «Agar sizlarga bir fosiq kimsa biron yomon xabar keltirsa, (u xabarni) aniqlab, tekshirib ko‘ringlar», degan oyatdagi fosiqlardan bo‘lasan. Agar rost gapirgan bo‘lsang, unda sen «g‘iybatchi-yu, gap tashuvchi» kimsalardan bo‘lasan. Xohlasang, afv qilamiz», dedi. Shunda haligi kishi: «Afu aylang, ey Amiral mo‘minin. Endi sira bu ishga qaytmayman», dedi. Bir kishi Sohib ibn Ubbodga yetim molini olishga undovchi varaqa ko‘tarib keldi. Holbuki, uning mol-mulki ko‘p edi. U zot varaqaning orqa tomoniga: «Chaqimchilik garchi rost bo‘lsa ham qabih amaldir. Mayyitni Alloh rahmat qilsin, yetimni o‘nglasin, mol Allohning in’omi, unga ko‘z olaytiruvchini Alloh la’natlasin», deb yozdi. Hasan Basriy hazratlari aytganlarki: «Kim senga bir gapni yetkazsa, bilginki, u sening gapingni ham boshqalarga yetkazadi».
Ibn Muborak rahimahulloh: «Haromi (zinodan bo‘lgan) bola gap yashirmaydi», deb chaqimchilik qiladigan har bir inson haromi bo‘lishi mumkinligiga quyidagi oyatni dalil qilganlar: «Qo‘pol va bulardan tashqari benasab – haromi kimsaga itoat etmang!» (Qalam surasi, 13). Rivoyat qilishlaricha, salafi solihinlardan biri birodarini ziyorat qilganida, birodari u zotga boshqa birodari haqida yomon gaplarni gapiribdi. Shunda u zot: «Ey birodar, g‘iybatni juda cho‘zib yubordingiz va uchta jinoyat sodir etdingiz: menga birodarimni yomon ko‘rsatib qo‘ydingiz, u bilan qalbimni mashg‘ul qildingiz va o‘zingizga bo‘lgan ishonchdan mahrum qildingiz», degan ekan. Bir kishi Ali ibn Husayn roziyallohu anhmoga: «Falonchi sizni haqorat qildi va siz haqingizda bundoq, bundoq dedi», degan ekan, u zot: «Meni uning oldiga olib bor», debdilar. U o‘zini himoya qilsa kerak, deb o‘ylabdi. Haqorat qilgan kishining oldiga yetib borishgach, u zot: «Ey birodar, agar men haqimda gapirgan gaping haq bo‘lsa, Alloh meni mag‘firat qilsin. Bordi-yu men haqimda gapirgan gaping noto‘g‘ri bo‘lsa, Alloh seni mag‘firat qilsin», degan ekanlar. Abu Lahabning xotini chaqimchilik qilib, gap tashib yurgani uchun Qur’oni karimda «o‘tin orqalagan», deb vasf qilingan. Chaqimchilik adovatga sabab bo‘lgani bois «o‘tin», deb nomlangan. Ma’lumki, o‘tin olovning alangalanishiga sabab bo‘ladi. Aytishlaricha, chaqimchining ishi shaytonning ishidan ham zararliroqdir. Chunki www.ziyouz.com kutubxonasi
Download 158.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling