Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


www.ziyouz.com kutubxonasi


Download 158.58 Kb.
bet92/131
Sana29.03.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1308606
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   131
Bog'liq
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi
107
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Kim mana shu (gunohlardan birontasini) qilsa, uqubatga duchor bo‘lur.
Qiyomat kunida uning uchun azob bir necha barobar qilinur va u joyda xorlangan holida mangu qolur. Magar kim tavba qilsa va iymon keltirib yaxshi amallar qilsa, bas, Alloh ana o‘shalarning yomonlik-gunohlarini yaxshilik-savoblarga aylantirib qo‘yur» (Furqon surasi, 68–70).

«Ana o‘sha (qotillik) sababli Biz Bani Isroil zimmasiga (shunday farmonni) bitdik: «Kimki biron jonni (o‘ldirmagan) va yerda buzg‘unchilik qilib yurmagan odamni o‘ldirsa, demak, go‘yo barcha odamlarni o‘ldiribdi va kimki unga hayot ato etsa (ya’ni, o‘ldirishdan bosh tortsa yoki o‘limdan qutqarsa), demak, u go‘yo barcha odamlarga hayot beribdi» (Moida surasi, 32).

Ya’ni, kimki bir odamni qasos olish yoki qilgan jinoyati uchun jazolash kabi sabablarsiz, bekordan-bekorga o‘ldirsa, go‘yo barcha odamlarni o‘ldirgandek bo‘ladi. Chunki uning uchun odamning farqi yo‘q. Shuningdek, kimki boshqa insonni o‘ldirishni harom deb bilsa va bu jinoyatdan qo‘lini tiysa, undan barcha insonlar salomat bo‘lishadi.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Yettita halok qiluvchi gunohdan saqlaninglar!»
deb, ularning ichida «Alloh (o‘ldirishni) harom qilgan jonni nohaq o‘ldirish», deya zikr etganlar.

Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Alloh nazdidagi eng ulkan gunoh qaysi?» deb so‘ragan edim, «Allohga boshqani teng deb bilishing, holbuki, U seni yaratgan», deya javob berdilar. «Bu rostdan ham ulkan gunoh, so‘ng qaysi?» degan edim, «Ovqatingga sherik bo‘lishidan qo‘rqib, farzandingni o‘ldirishing!» dedilar. «Keyin-chi?» deb so‘ragan edim, «Qo‘shningning xotini bilan zino qilishing», deya javob berdilar» (Muttafaqun alayh).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar ikki musulmon qilichlari bilan to‘qnashsalar, o‘ldirgan ham, o‘lgan ham do‘zaxda», dedilar. «Yo Rasululloh, bu-ku qotil, biroq maqtulning gunohi nima?» deb so‘rashdi. Shunda u zot: «U ham birodarini o‘ldirishga ishtiyoqmand edi», dedilar (Muttafaqun alayh).

Imom Abu Sulaymon Xitobiy aytadilar: «Bu hukm biron ta’vil sabab bilan emas, balki o‘zaro adovat, tarafkashlik yoki dunyo, obro‘, mansab tufayli urushganlarga taalluqlidir.


Biroq, kimda-kim bog‘iylarga qarshi jang qilsa yoki o‘zini yo oilasini mudofaa qilsa, bu tahdidning unga daxli yo‘q. Chunki u o‘zini himoya etish uchun jang qilishga buyurilgan bo‘lib, maqsadi birodarini o‘ldirish emas. Axir u zot sollallohu alayhi vasallam: «U ham birodarini o‘ldirishga haris – ishtiyoqmand edi», deganlar!»

Kimki bog‘iy yoki yo‘lto‘sar musulmonga qarshi jang qilsa, uni o‘ldirishga haris-ishtiyoqmand bo‘lmaydi. Aksincha, o‘zini mudofaa qiladi, xolos. Agar tajovuzkor o‘z ishini to‘xtatsa, unga tegmaydi, ta’qib etmaydi. Hadis bunday kishilar haqida vorid bo‘lmagan, ularning daxli yo‘q. Aksincha, hadisda bunday (shar’iy) sabab bo‘lmay turib, jang qilganlar iroda qilingandir. Vallohu a’lam.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ogoh bo‘linglar, mendan keyin ayrimlaringiz boshqalaringizning bo‘yniga uradigan kofir bo‘lib ketmangiz!» (Muttafaqun alayh).


Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling