Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


www.ziyouz.com kutubxonasi


Download 158.58 Kb.
bet95/131
Sana29.03.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1308606
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   131
Bog'liq
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi
110
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Alloh taolodan bizlarni hidoyatiga yo‘llashini, nafslarimiz yovuzligi va amallarimiz yomonligidan saqlashini so‘raymiz. Albatta, U saxovatli, marhamatli, mag‘firatli va rahmli zotdir.


Qirq to‘qqizinchi gunohi kabira

SEHR


Sehrgar, shak-shubhasiz, kofirdir. Alloh taolo aytadi:
«Balki odamlarga sehr o‘rgatadigan shaytonlar kofir edilar» (Baqara surasi, 102).

Mal’un shaytonning odamlarga sehr o‘rgatishdan ko‘zlagan birdan-bir maqsadi – ularni mushrikka aylantirish.

Alloh taolo Horut va Morut haqida xabar berib shunday deydi:
«Holbuki, u farishtalar: «Biz faqatgina fitnamiz (ya’ni, odamlarni aldab imtihon qilish uchun yuborilganmiz), bas, (biz aytgan narsalarni qilib) kofir bo‘lib qolma», demasdan turib hech kimga hech narsa o‘rgatmas edilar. – Va o‘shalardan (Horut va Morutdan) er-xotinning orasini buzadigan narsalarni o‘rganadilar. (Lekin) ular (yahudiylar) Allohning iznisiz hech kimga zarar yetkaza olmaydilar. Ular o‘zlariga hech foydasiz, bil’aks zararli narsalarni o‘rganadilar. Axir (Allohning Kitobi o‘rniga sehrni) almashgan kimsalarga oxiratda hech qanday nasiba yo‘q ekanini bilgan edilar-ku» (Baqara surasi, 102).

Ko‘plab gumroh kimsalarning sehrga aralashib yurganiga guvoh bo‘lasiz. Ular sehrni faqatgina harom deb o‘ylaydilar va uning kufr ekanini his qilmaydilar. Bu hol ayniqsa, er-xotin orasidagi munosabatlarda – issiq-sovuq va shu kabi narsalarni qilishda yaqqol namoyon bo‘ladi. Ular bu ishlarida aksariyat qismi shirk va kufr bo‘lgan so‘zlarni qo‘llaydilar.

Sehrgarning jazosi – o‘lim. Chunki u Allohga kufr keltirgan yoki shunga yaqinroq ish qilgan bo‘ladi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Yettita halokat qiluvchi gunohlardan saqlaninglar», deb ulardan biri sehr ekanligini bayon qilganlar (Buxoriy, Muslim rivoyati).

Har bir banda Alloh taolodan qo‘rqishi va dunyo-yu oxiratini kuydirib yuboradigan buningdek ishlardan saqlanishi lozim.

Jundab roziyallohu anhu aytgan edilar: «Sehrgarning jazosi – qilich bilan chopib tashlash».
Bajola ibn Ubda aytadi: «Umar roziyallohu anhudan vafot etishlaridan bir yil oldin maktub oldik. Unda, «Sehrgar erkagu sehrgar ayolning har birini o‘ldiringlar», deyilgan edi (Ahmad, Abu Dovud rivoyati).

Vahb ibn Munabbah aytadilar: «Alloh azza va jalla: «Mendan o‘zga iloh yo‘q. Sehr qilgan va sehr qildirgan, fol ochgan va fol ochdirgan, shumlangan va shumlantirgan kimsalar Mendan emas» deydi», deb ayrim kitoblarda o‘qidim».



Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling