Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 158.58 Kb.
bet127/131
Sana29.03.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1308606
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131
Bog'liq
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar

YOLG’ON GAPIRISH

Alloh taolo aytadi:


«Shak-shubha yo‘qki, Alloh yolg‘onchi va kofir kimsalarni hidoyat qilmas»
(Zumar surasi, 3).

www.ziyouz.com kutubxonasi
149
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Ya’ni, Alloh yolg‘onchi va kofir kimsani hidoyatiga muvaffaq qilmaydi, haq dinga yo‘llab qo‘ymaydi.

«Yolg‘on so‘zlarni ham faqat Allohning oyatlariga iymon keltirmaydigan kimsalargina to‘qirlar. Ana o‘shalar yolg‘onchidirlar» (Nahl surasi, 105).

Ya’ni, Allohga va oyatlariga iymon keltirmagan kimsagina U zot sha’niga yolg‘on to‘qiydi.


Chunki u azobga duchor bo‘lishidan qo‘rqmaydi. U haqiqiy yolg‘onchidir. Yolg‘on gapirish ulkan jinoyat bo‘lgani bois, mo‘min unga yaqinlashmaydi.

«Albatta, Alloh haddan oshuvchi, yolg‘onchi kimsalarni hidoyat qilmas» (Fofir surasi, 28).

Ya’ni, Alloh haddan oshib zalolatga botgan va U zot sha’niga yolg‘on to‘qiydigan kimsani hidoyatga, iymonga muvaffaq qilmaydi.

Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Rostgo‘ylikni mahkam tutinglar. Zero, rostgo‘ylik ezgulikka yo‘llaydi, ezgulik esa jannatga boshlaydi. Kishi rost gapirish va rostgo‘ylikka intilishda davom etaveradi, natijada Alloh huzurida rostgo‘y deb yoziladi. Yolg‘onchilikdan saqlaninglar. Zero, yolg‘onchilik fojirlikka (gunohkorlikka), fojirlik esa do‘zaxga boshlaydi. Banda yolg‘on gapirish va yolg‘onchilikka intilishda davom etaveradi, nihoyat Alloh huzurida yolg‘onchi deb yoziladi», dedilar» (Buxoriy, Muslim, Termiziy rivoyati).

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:


«Munofiqning alomati uchta: gapirsa yolg‘on gapiradi, va’da bersa, ustidan chiqmaydi, omonat qo‘yilsa, xiyonat qiladi» (Muttafaqun alayh).

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimda to‘rt xislat bo‘lsa, u haqiqiy munofiq bo‘ladi. Kimda ulardan biri bo‘lsa, to uni tark etmagunicha unda munofiqlikning bir xislati bo‘ladi: omonat qo‘yilsa, xiyonat qiladi, gapirsa, yolg‘on gapiradi, ahd qilsa, (ahdida) turmaydi, xusumatlashsa (tortishsa), fojirlik qiladi», dedilar» (Buxoriy, Muslim rivoyati).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning tushlari haqidagi hadisi sharifda shunday deyilgan: «So‘ng orqasi bilan chalqancha yotgan bir kishining yoniga keldim. Tepasida temir changak ko‘targan boshqa birov turardi. Shu payt u (yotgan kimsa) yuzining bir tomoniga yaqinlashdi-da, yuzini burnini va ko‘zini ensasigacha yirtib tashladi. So‘ngra nima qilgan bo‘lsa, shuni qildi. Bu tomonidan bo‘shamay turib, narigi tomoni tuzalib qoldi. So‘ng yana u tomonga o‘tib, birinchi safar qilgan ishini qila boshladi. Men:
«Subhonalloh, bu nima?» deb so‘ragan edim, «Yur, ketdik», deyishdi. Keyin ikki farishta Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga buni izohlab: «Endi, yuzi ensasigacha, yuzi, burni va ko‘zi ensasigacha yirtilayotgan kishiga kelsak, u ertalab uyidan chiqib, ufqlargacha yetadigan darajada ko‘p yolg‘on gapiradigan kimsadir», deyishdi» (Buxoriy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Uch toifa odamga qiyomat kunida Alloh gapirmaydi, ularni (gunohlaridan) poklamaydi, ularga (rahmat nazari bilan) qaramaydi www.ziyouz.com kutubxonasi


150
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy va ularga alamli azob bo‘ladi. (Ular): zinokor qariya, yolg‘onchi podshoh va mutakabbir kambag‘al» (Muslim, Nasoiy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Odamlarni kuldirish uchun yolg‘on gapiradigan kimsaga vayl bo‘lsin, vayl bo‘lsin, vayl bo‘lsin» (Abu Dovud, Termiziy rivoyati).

Hadisi shariflardan birida: «Mo‘minning tabiatida xiyonatkorlik va yolg‘onchilikdan tashqari har qanday xislatga moyillik bo‘lishi mumkin», deyilgan (Bazzor, Abu Ya’lo rivoyati).

Navos ibn Sam’on roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:


«Birodaring seni tasdiqlab deb turganida, unga yolg‘on gap aytishing katta xiyonatdir», dedilar» (Ahmad rivoyati).

Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytgan ekanlar: «Banda yolg‘on gapirish va yolg‘onchilikka intilishdan to‘xtamaydi, nihoyat uning qalbida qora dog‘ paydo bo‘ladi. Borib-borib qalbi batamom qorayadi va Alloh nazdida yolg‘onchilardan deb yoziladi».

Yolg‘on qasam ichish yolg‘on gapirishdan ham yomonroqdir.

Alloh taolo munofiqlar haqida xabar berib bunday deydi:




Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling