Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 158.58 Kb.
bet129/131
Sana29.03.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1308606
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131
Bog'liq
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar

QIMOR O‘YNASH

Alloh taolo aytadi:



«Ey mo‘minlar, xamr (mast qiladigan ichimlik ichish), qimor (o‘ynash), butlar (ya’ni, ularga sig‘inish) va cho‘plar (ya’ni, cho‘plar bilan folbinlik qilish) shayton amalidan bo‘lgan harom ishdir. Bas, najot topishingiz uchun ularning har biridan uzoq bo‘lingiz!» (Moida surasi, 90).

Ya’ni, bu ishlarning barchasi, garchi shayton ularni chiroyli qilib ko‘rsatsa-da, nopok, harom ishlardir. Ulug‘ savoblarga erishishingiz uchun bu iflosliklardan uzoq bo‘linglar.



«Aroq, qimor sababli shayton o‘rtalaringizga bug‘zu adovat solishni hamda sizlarni Allohni zikr qilishdan va namoz o‘qishdan to‘sishni istaydi, xolos! Endi to‘xtarsizlar!» (Moida surasi, 91).

Oyat oxiridagi jumla buyruq ma’nosidagi so‘roq bo‘lib «to‘xtanglar», degan ma’noni www.ziyouz.com kutubxonasi


152
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy ifodalaydi. Shuning uchun Umar roziyallohu anhu: «Ey Parvardigor, to‘xtadik», degan edilar.

Abu Hayyon aytadilar: «Alloh taolo xamr va qimordagi ikki fasodni zikr qildi: biri –


dunyoviy, ikkinchisi – diniy».

Dunyoviy fasodi: xamr ko‘ngilsizlik va gina-kudrat keltirib chiqaradi hamda yor-birodarlar orasiga rahna soladi. Qimor o‘ynaydigan kimsa esa borib-borib hech vaqosi qolmaydi va oxiri xotini va bolalarini ham qimorga tikib yuboradi.

Diniy fasodi: Xamr ichgan odam sarxush bo‘lib, es-hushini yo‘qotadi va Allohni zikr qilishdan chalg‘iydi. Qimor o‘ynaydigan kimsa esa, yutsa ham, yutqazsa ham Allohni zikr qilishdan chalg‘iydi.

Qimor odamlarning haqlarini botil-nohaq yo‘l bilan yeyish hisoblanib, Alloh undan qaytargandir:



«Mol-dunyolaringizni oralaringizda nohaq – harom yo‘llar bilan yemangiz (Ya’ni, bir-biringizning haqqingizni yemang!)» (Baqara surasi, 188).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham: «Ayrim kishilar Allohning moliga nohaq tajovuz qiladilar. Qiyomat kunida ularga do‘zax bo‘lur», deganlar (Buxoriy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki bir birodariga: «Kel, qimor o‘ynaymiz»
desa, darhol sadaqa qilsin», dedilar (Buxoriy rivoyati).

Agar «qimor o‘ynaymiz» degan so‘zning o‘zi uchun kafforat to‘lash yoki sadaqa qilish vojib bo‘lsa, qimor o‘ynashning hukmi qanday bo‘lar ekan?!




Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling