Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


«Ular katta gunohlardan va buzuqliklardan chetlanadigan, g‘azablangan vaqtlarida esa kechirib yuboradigan zotlardir» (Sho‘ro surasi, 37)


Download 158.58 Kb.
bet3/131
Sana29.03.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1308606
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131
Bog'liq
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar

«Ular katta gunohlardan va buzuqliklardan chetlanadigan, g‘azablangan vaqtlarida esa kechirib yuboradigan zotlardir» (Sho‘ro surasi, 37).

«Ular (ya’ni, jannatga sazovor bo‘lganlar) kichik xatolardan boshqa katta www.ziyouz.com kutubxonasi
2
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy gunohlardan va buzuqliklardan yiroq bo‘ladigan zotlardir. Albatta, Parvardigoringiz mag‘firati keng zotdir...» (Van-najm surasi, 32).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Modomiki, banda katta gunohlardan chetlanar ekan, besh vaqt namoz, juma keyingi jumagacha va ramazon keyingi ramazongacha bo‘lgan kichik gunohlarga kafforatdir» (Muslim va Termiziy rivoyati).

Demak, qaysi gunohlar kabira ekanini bilib olishimiz juda muhim. Toki ulardan chetlanaylik va Rabbimiz rahmatiga musharraf bo‘laylik.

Bir toifa ulamolar gunohi kabiralarni yettita, deganlar va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadisi sharifini hujjat qilganlar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Halok qiluvchi yettita gunohdan saqlaninglar», dedilar. «Ular qaysilar, yo Rasululloh?» deb so‘rashganida, «Allohga shirk keltirish, sehr, Alloh (o‘ldirishni) harom qilgan jonni nohaq o‘ldirish, yetim molini yeyish, sudxo‘rlik, dushmandan ortga chekinish, buzuq xayol bilan pokdomon mo‘mina ayollarga tuhmat qilish», deya javob berganlar (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Ibn Abbos roziyallohu anhu esa: «Gunohi kabiralar yettitadan ko‘ra, yetmishtaga yaqinroq», deganlar. Yuqoridagi hadisda esa, gunohi kabiralar soni yettita emas, balki mazkur yettita amal gunohi kabiralardan ekani bayon qilingan, xolos.

Xullasi kalom, kimda-kim odam o‘ldirish, zino, o‘g‘irlik kabi dunyoda had joriy qilingan, oxiratda azoblanishi yoki g‘azabga uchrashi haqida tahdid solingan, Muhammad sollallohu alayhi vasallam tomonidan la’natlangan yoki «iymonsizdir», «bizdan emas»,


«biz undan pokmiz (boshqa-boshqamiz)» kabi jumlalar bilan sifatlangan biror amalni qilsa, u gunohi kabira sodir etgan bo‘ladi.
Shuni ham ta’kidab o‘tish kerakki, ayrim gunohi kabiralar boshqalaridan ulkanroq bo‘ladi. Masalan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Allohga shirk keltirishni gunohi kabiralardan, deb zikr qilganlar. Vaholanki, Allohga shirk keltirgan kimsa – mushrikning gunohi hech qachon kechirilmaydi va u do‘zaxda mangu qoladi.

«Albatta, Alloh O‘ziga (biron narsa yo kimsaning) sherik qilinishini kechirmaydi. Shundan boshqa gunohlarni O‘zi xohlagan bandalari uchun kechiradi. Kimki Allohga shirk keltirsa, demak, juda qattiq yo‘ldan ozibdi» (Niso surasi, 116).


Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling