Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 158.58 Kb.
bet6/131
Sana29.03.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1308606
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131
Bog'liq
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar

Foyda


Insonlarning ko‘p so‘zlari ulamolar nazdida kufrdir. Masalan, Alloh ismlaridan birortasini, yo buyrug‘ini, yo va’dasini yoki tahdidini masxara qilish. «Agar Alloh menga falon ishni buyurganida, qilmasdim», «Agar qibla manovi tarafda bo‘lganida, u yoqqa qarab namoz o‘qimasdim» kabi, yoki «Namozni tark etmagin, bo‘lmasa Alloh jazolaydi», deyilsa,
«Shunchalik qiyin ahvolda va kasal bo‘lsam ham jazolaydigan bo‘lsa, unda menga zulm qilibdi», deyish. «Agar menga falon narsa haqida payg‘ambarlar-u farishtalar guvohlik berganida ham tasdiqlamasdim», «Falonchi nazarimda yahudiyga o‘xshaydi», «Alloh insof-adolat qilish uchun turdi yoki o‘tirdi», «Agar payg‘ambar aytgani rost bo‘lsa, najot topibmiz», kabi so‘zlarni aytish. Boshiga musibat tushganida: «Bolamni va molimni olding, o‘zi nima qilyapsan?» deb dod solish. Janoza namozidan boshqa namozni mazax qilgan yoki mumkin deb bilgan holda betahorat o‘qish. Ikki kishi tortishib qolib, ulardan biri: «La havla va la quvvata illa billah», deganida ikkinchisi: «La havla va la quvvata illa billah» degan bilan qorin to‘ymaydi», deyishi. Muazzinning azonini eshitganda: «U
yolg‘on gapiryapti» deyish. «Alloh taolo odam o‘ldirish, zino, zulm kabi hech bir zamonda halol bo‘lmagan ishni harom qilmaganida edi», deb orzu qilish. «Iymon nima»
deb so‘ralganida «Bilmadim», deyish.

www.ziyouz.com kutubxonasi
5
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Yana ayrim so‘zlar borki, ular aniq kufr kalimasi bo‘lmasa-da, harom bo‘lib, aytgan kishi kofir bo‘lib qolishi ehtimoli bor. Masalan, «Tirnoqlaringni olib yur. Bu sunnat»
deyilganda, «Sunnat bo‘lsayam olmayman», deyish. Musulmonga: «Alloh oqibatingni xayrlik qilmasin» yoki «Iymoningdan judo qilsin», deyish. Bir kishidan qasam ichishni talab etsa-yu, u Alloh nomiga qasam ichmoqchi bo‘lganida, «Xotinim taloq bo‘lsin», deb qasam ichishini talab etish. Bir kishiga: «Seni ko‘rsam, o‘limni ko‘rganday bo‘laman», deyish. Bir joyga matosini qo‘yib: «Uni Allohga topshirdim», degan kishini «Matoingni o‘g‘riga ergashib yurmaydigan (ya’ni, o‘g‘rini tutib bermaydigan) zotga topshirdingmi?»
deyish. Bir kishi teparoq joyga imom-xatibga o‘xshab o‘tirib olsa-yu, boshqalar undan turli masalalarni so‘rashsa, (bu bilan ulamolarni masxara qilmoqchi bo‘lsa) yoki birontasi
«Bir kosa sho‘rva ilmdan yaxshiroq», desa. Bir kishining beliga arqon orqalab olganini ko‘rib «Bu nima?» deb so‘rashganida, «Zunnor», deyishi.

Muallimning: «Yahudiylar musulmonlardan yaxshiroq, chunki ular farzandlarimizning ustozlariga ehson qilib turadilar», deyishi. «Nasroniylik majusiylikdan yaxshiroq» deyish.


Musulmonga qarata: «Dinsiz, iymonsiz, e’tiqodsiz. Sen fojirsan, fosiqsan, munofiqsan», deyish.
Alloh taolodan bizni Kitob va sunnatga amal qilgan holimizda vafot ettirishini so‘raymiz.
Albatta, u rahmlilarning rahmlirog‘idir!


Ikkinchi gunohi kabira

Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling